Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.05.1998 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT REJIMINI KUChAYTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom”ni amalga kiritish haqida” 1994-yil 24-dekabrdagi Farmoni va shu asosda chiqarilgan Hukumat qarorlarining ijrosini tekshirish bu borada joylarda hokimliklar va bevosita mas’ul bo‘lgan mutasaddi idoralar faoliyatida jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganini ko‘rsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining mas’uliyatsizligi oqibatida, bir qator shahar va tumanlarda pasportlarni berish va almashtirish ishlarini amalga oshiruvchi komissiyalar deyarli faoliyat ko‘rsatmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida aholiga pasport topshirish ko‘rsatkichlarini ko‘paytirib ko‘rsatish, Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ichki ishlar idoralarining xodimlari tomonidan qonunsiz ravishda pasport berish holatlari o‘rin olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda pasport rejimini ta’minlash hamda xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonga kelishi, yashashi va chiqib ketishi haqidagi qonunlarga rioya etilishi yetarli darajada tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq va moliya idoralari pasportlar va ma’muriy jarimalardan davlat budjetiga tushadigan mablag‘lar yuzasidan nazorat olib bormagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada pasport islohotini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rish, pasportlarni berish va almashtirish ishlarini amalga oshiruvchi komissiyalarning faoliyatini jadallashtirish maqsadida pasport tizimlarining moddiy-texnik ta’minot darajasini yaxshilash choralarini ko‘rish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. A. Almatov) ikki hafta muddatda Respublika hududida pasport rejimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqsin, mansabini suiiste’mol qilgan xodimlarning javobgarligini hal etib, pasport tizimi xodimlari orasida intizom va qonunchilikka rioya qilishni mustahkamlash yuzasidan choralar belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga (B. M. Mustafoyev) pasport islohotini amalga oshirish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, bu sohada qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika Davlat soliq qo‘mitasi (V. S. Beganov) va Moliya vazirligi (J. B. Sayfiddinov) pasportlardan tushadigan to‘lovlar hamda ma’muriy jarimalarning to‘la miqdorda va o‘z vaqtida davlat budjetiga tushishi yuzasidan nazorat o‘rnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230-son