Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. 2025-yil 17-noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida 1996-yil 16-yanvarda imzolangan xalqaro avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish aloqasi toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlansin.
2. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Turkmaniston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-may,
PQ-186-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2026-y., 07/26/186/0488-son)