Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.10.1998 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASINING “FAYZ” XOLDING KOMPANIYASIGA INVESTITSIYaLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalarni fond bozoriga jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Fayz” xolding kompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkilamchi emissiya aksiyalari chiqarish yo‘li bilan “Fayz” xolding kompaniyasining ustav fondini 129,2 mln so‘mgacha ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fayz” xolding kompaniyasining 500 ming AQSh dollariga teng miqdordagi aksiyalarini Xalqaro moliya korporatsiyasiga sotish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va kompaniyaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yangilash uchun Xalqaro moliya korporatsiyasining 1900 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi ustavini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonasi sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditini ta’minlash uchun berilayotgan garovni yiliga 0,2 foiz stavka bo‘yicha sug‘urta qilishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi ikki hafta muddatda “Fayz” xolding kompaniyasiga tegishli binolar va inshootlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haq undirmasdan bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Fayz” xolding kompaniyasi xorijiy investorlarga sotilayotgan aksiyalarning nominal va sotib olish qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga hosil bo‘lgan foyda (daromad)dan soliq to‘lashdan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan tuzilgan kredit bitimining amal qilish muddati davrida qo‘shilgan sarmoya ishlab chiqarishni yangilashga maqsadli foydalanilishi hisobga olingan holda, ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining “Fayz” xolding kompaniyasi aksiyalari paketini taqsimlashga oid qismiga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritilsin va “Fayz” xolding kompaniyasi tarkibiga kirgan “Shahrisabzmebel” ochiq aksiyadorlik jamiyati 6-ilovadan chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari M. Z. Usmonov va V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 7-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
426-son