Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. 2013-yil 31-may kuni Minsk shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo-davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorligi toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshilinsin.
2. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi lavozimi boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo-davlatlarning Davlatlararo ekologik kengashi aʼzosi etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu xalqaro shartnomaga qoʻshilgani hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-aprel,
PQ-156-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2026-y., 07/26/156/0418-son)