O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yong‘inlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 3-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 19-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2025-yil 19-dekabrda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat nazoratini takomillashtirish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki ishonchli himoya qilinishini ta’minlash imkoniyatini beruvchi yaxlit yong‘in xavfsizligi tizimini yaratish borasida keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari yong‘inlarning oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bilan bir qatorda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish zaruriyati mavjud.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishini hamda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat yong‘in nazorati organlarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda.
Mazkur Qonun yong‘inlarning oldini olishga, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun huquqiy ta’sir choralari yanada samarali qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 211-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yetti” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 249-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “yigirma” degan so‘z “yigirma besh” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “o‘n besh” degan so‘zlar “yigirma” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “o‘n” degan so‘z “o‘n besh” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “yetti” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 3321-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Kodeksning 131, 132, 136, 140-moddalarida va 211-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 6-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sog‘lig‘iga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turadi”;
beshinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-aprel,
O‘RQ-1136-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1136/0393-son)