Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021 23.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 822
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti, 23.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 822
Kuchga kirish sanasi
01.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

1999-yil 9-sentabrda, 75-son bilan

“TASDIQLANGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Auditning milliy standarti
10-sonli AMS
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya hisoboti tarkibida boshqa maʼlumotlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 23 senyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 822]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STANDARTNING MAQSADI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur standartning maqsadi moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa maʼlumotning toʻgʻriligini aniqlash uchun auditorlik tartib-taomillarini belgilash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AMAL QILISh SOHASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur standart talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni koʻzda tutadigan auditni amalga oshirish chogʻida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, bundan ular tavsiya tusida ekanligi bevosita koʻrsatilgan qoidalar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni koʻzda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) koʻrsatilishida tavsiyaviy tusga ega boʻladi. Aniq topshiriqni bajarish chogʻida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni oʻzining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda koʻrsatib oʻtishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUShUNChALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boshqa maʼlumotlar ― tekshirilgan moliyaviy hisobotlar va ular boʻyicha auditorlik xulosasidan tashqari, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan eʼlon qilingan, tekshirilgan moliyaviy hisobotlarni oʻz ichiga oladigan hujjatlarda koʻrsatilgan har qanday maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muhim ziddiyatliklar ― tekshirilgan moliyaviy hisobotlarda boʻlgan maʼlumot bilan hujjatning boshqa qismlarida boʻlgan maʼlumot orasidagi jiddiy farq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jiddiy buzib koʻrsatishlar ― jiddiy ziddiyatlarga qaraganda boshqa holatni ifodalaydigan va auditor fikriga koʻra jiddiy hisoblangan faktlarning buzilishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOShQA MAʼLUMOTLAR MANBALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Boshqa maʼlumotlar quyidagilardan tarkib topishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Ijroiya organi raisi yoki ish boshqaruvchining xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Moliyaviy hisobotlar va ichki nazorat uchun javobgarligi xususida maʼmuriyatning bayonoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. Moliyaviy sharhlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kapital qoʻyilmalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) texnik xizmat koʻrsatish va kapital taʼmirlash, reklama, hamda tadqiqot va ishlanmalar boʻyicha ekspluatatsiya xarajatlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.5. Tushuntirish xatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.6. Moliyaviy maʼlumotlarni tasvirlash uchun chizmalar, jadvallar va grafiklar, ularga berilgan tushuntirishlar bilan birga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOShQA MAʼLUMOTLARNI OʻQISh VA QOʻShIMChA TARTIB-TAOMILLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boshqa maʼlumotlarni va tekshirilgan moliyaviy hisobotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni auditor tomonidan oʻqilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hujjatni oʻqiyotgan auditor xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati va moliyaviy ahvoli bilan toʻliq tanishgan boʻlishi, audit paytida aniqlangan muammolardan xabardor boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Auditor boshqa maʼlumotlarni tekshirilgan moliyaviy hisobotlar bilan taqqoslashdan tashqari maʼlumotlardagi raqamlarni qayta hisoblaydi, ularni ish qogʻozlaridagi raqamlar bilan solishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar boshqa maʼlumotlar moliyaviy hisobotlarga kiritilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olsa, bunday maʼlumotlar tekshirilgan moliyaviy hisobotlardagi xuddi shunday maʼlumotlar bilan taqqoslanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boshqa maʼlumotlarda qayd etilgan barcha koʻrsatkichlar tekshirilgan moliyaviy hisobotlar asosida qaytadan hisoblab chiqiladi. Yangidan hisoblab chiqilgan maʼlumotlar boshqa maʼlumotlardan olingan koʻrsatkichlar bilan taqqoslangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Boshqa maʼlumotlar moliyaviy hisobotlardagi maʼlumotlar, masalan sotilgan mahsulot tannarxi, savdo xarajatlari va umumiy boshqaruv xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydigan tushuntirish xatlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Ana shu tushuntirish xatlarining ayrim qismlari auditor ish qogʻozlaridagi kengaytirilgan ishchi balans maʼlumotlari bilan taqqoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIDDIY ZIDDIYATLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agar boshqa maʼlumotlarni oʻrganayotganda auditor ana shu maʼlumot bilan tekshirilayotgan moliyaviy hisobot oʻrtasida jiddiy ziddiyatlarni aniqlasa, auditor moliyaviy hisobot yoki boshqa maʼlumotlar tuzatishga muxtojligini yoki yoʻqligini aniqlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agar tekshirilayotgan hisobotga tuzatish kiritish zarur boʻlsa-yu, xoʻjalik yurituvchi subyekt tuzatishlarni oʻz moliyaviy hisobotiga kiritishdan bosh tortsa, auditor shak-shubhasiz ijobiy xulosadan farq qiluvchi xulosa tuzishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar boshqa maʼlumotlar tuzatishga muhtoj boʻlsa-yu, xoʻjalik yurituvchi subyekt unga tuzatishlar kiritishdan bosh tortsa, auditor auditorlik xulosasiga aniqlangan jiddiy ziddiyatlar bayon etilgan xatboshini kiritish masalasini koʻrib chiqishi yoki boshqa choralar koʻrishi shart. Koʻrilgan choralar, masalan, dastlabki auditorlik xulosasidan farqlanadigan yangi xulosani tuzish yoki fikrni ifodalashdan bosh tortish, alohida holatlarga, ziddiyatlarning tabiati va muhimligiga bogʻliq boʻladi. Auditor yuzaga kelgan vaziyatda bundan keyingi harakatlari xususida tavsiyalar olish uchun yuristga murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIDDIY BUZIB KOʻRSATIShLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jiddiy ziddiyatlarni aniqlash maqsadida boshqa maʼlumotlarni oʻrganayotgan auditor jiddiy buzib koʻrsatishlar faktlarini aniqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur standart nuqtai nazaridan olganda “faktlarni jiddiy buzib koʻrsatishlar” boshqa maʼlumotlarda mavjud boʻladi, agarda tekshirilayotgan moliyaviy hisobotda aks etgan masalalarga taalluqli boʻlmagan bunday maʼlumot notoʻgʻri taqdim etilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar auditor boshqa maʼlumotlarda jiddiy buzib koʻrsatish faktlari borligini aniqlasa, ushbu masalani u xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan muhokama qilishi kerak. Masalani rahbariyat bilan muhokama qilayotganida auditor boshqa maʼlumotlarning va auditor soʻrovlariga rahbariyat javoblarining asoslanganligini har doim ham baholay olmaydi va mulohazalar hamda fikrlar oʻrtasida haqiqatan ham farq bor-yoʻqligini koʻrib chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agar auditor, shubhasiz jiddiy buzib koʻrsatilgan faktlar mavjud deb hisoblagan taqdirda, u rahbariyatdan malakali uchinchi tomon bilan, xususan xoʻjalik yurituvchi subyektning yuristi bilan maslahatlashishni soʻrashi lozim va olingan javobni tahlil qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar auditor boshqa maʼlumotlarda buzib koʻrsatish faktlari mavjud degan xulosaga kelsa va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati uni tuzatishdan bosh tortsa, auditor oʻzining nuqtai nazarini yozma shaklda ijroiya kengashiga maʼlum qilishi va keyingi harakatlari xususida oʻz yuristi bilan maslahatlashib olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AUDITORLIK XULOSASI TUZILGAN SANADAN KEYIN BOShQA MAʼLUMOTLARNING OChIQLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Auditor hech qanday boshqa maʼlumotlardan auditorlik xulosasi tuzilgunga qadar foydalana olmagan taqdirda, u boshqa maʼlumotlar bilan moliyaviy hisobotning muvofiq kelmasligining jiddiylik darajasini aniqlashi uchun boshqa maʼlumotlarni iloji boricha eng qisqa muddatlarda oʻrganishi lozim boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agarda boshqa maʼlumotlarni oʻrganish chogʻida, auditor jiddiy ziddiyatlarni aniqlasa yoki ochiqdan-ochiq jiddiy buzib koʻrsatish faktlarini topgan hollarda, u moliyaviy hisobot va boshqa maʼlumotlarni qaytadan koʻrib chiqishga zaruriyat borligini aniqlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agarda, tekshirilayotgan moliyaviy hisobotni qayta koʻrib chiqish moʻljallanayotgan boʻlsa, u holda “Balans tuzilgan sanadan keyingi voqealar” standarti qoidalariga amal qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agarda, boshqa maʼlumotlarni qayta koʻrib chiqish zarur boʻlganda va xoʻjalik yurituvchi subyekt uni amalga oshirishga rozi boʻlgan hollarda auditor sharoitdan kelib chiqib tartib-taomillarni bajarishi shart. Tartib-taomillarga ilgari chiqarilgan moliyaviy hisobot, auditorlik hisoboti va boshqa maʼlumotlarni foydalanuvchilarga oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabar berilganiga ishonch hosil qilish uchun rahbariyat amalga oshirgan tadbirlar sharhi kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Boshqa maʼlumotlarni qayta koʻrib chiqish zarur boʻlganda, lekin rahbariyat qayta koʻrishdan bosh tortgan hollarda auditor tegishli harakatlarni amalga oshirish mumkinligini koʻrib chiqishi shart. Bunday harakatlarga auditorda shubha uygʻotgan boshqa maʼlumotlarga doir masalala haqida xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatini yozma shaklda xabardor qilish, shuningdek, yuridik maslahat olish kabi tadbirlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KUChGA KIRISh SANASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 11-son)