Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021 03.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 811
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti, 03.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 811
Kuchga kirish sanasi
01.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

Vazir oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

1999-yil 4-avgust, 62-son

“TASDIQLANGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AUDITOR IShI SIFATINI NAZORAT QILISh”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI audit MILLIY STANDARTI
5-SON aMS
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-sentabrda 811-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Standartning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur standartning maqsadi auditorlar ishi sifatini nazorat qilish meʼyorlarini aniqlash va belgilash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amal qilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur standartning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, tavsiyaviy tusda ekanligi bevosita koʻrsatilgan qoidalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni koʻzda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) koʻrsatilishida tavsiyaviy tusga ega boʻladi. Aniq topshiriqni bajarish chogʻida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni oʻzining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda koʻrsatib oʻtishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditor ishi sifatini nazorat qilish tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Auditor ishi sifatini nazorat qilish auditning oʻtkazilishida va auditga turdosh xizmatlarning koʻrsatilishida audit standartlarining va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish uchun qoʻllaniladigan tashkiliy chora-tadbirlar, uslublar va tartib-taomillar tizimini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir auditorlik tashkiloti ish sifatini nazorat qilish prinsiplari va qoidalarini, shuningdek ularni qoʻllash tartib-taomillarini ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim. Bu esa audit jarayonida tekshirishning umumqabul qilingan standartlari bilan qarama-qarshiliklar yuzaga kelmasligi uchun zarurdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Auditor ishi sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. Asosiy auditor tomonidan oʻz assistentlari ishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.3. Tashqi nazorat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy auditorning oʻz assistentlari ishini nazorat qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Asosiy auditor audit oʻtkazilishi jarayonida assistentlar tomonidan bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilishi va yoʻnaltirib turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Assistent deganda asosiy auditordan professional darajasi jihatidan farq qiluvchi xodim tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Assistentdan farqli oʻlaroq, asosiy auditor auditning bajarilishi uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishlarni bajarish topshiriladigan assistentlar oʻzlarining javobgarligi va bajarishlari lozim boʻlgan tartib-taomillarning maqsadi haqida, xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati va mohiyati, oʻtkazilish vaqti va koʻlamiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan hisobga oid auditorlik muammolari toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan boʻlishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotining auditor ishini nazorat qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishining nazorat qilinishi quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.1. Mijoz oldida auditorlik rejasining va audit oʻtkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.2. Tashkiliy-etika auditorlik prinsiplariga qatʼiyan rioya etish (xususan, mijozga maslahatlar beruvchi yoki uning buxgalteriya hisobini tiklab berayotgan auditor, uning oʻzini tekshirish uchun yuborilmaydi va h.k.z.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.3. Asosiy auditor tomonidan auditorlik xulosasi berilganidan keyin auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan hisobotlarning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida mijoz uchun bepul takroriy qayta tekshirishlarni oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashqi nazorat amaldagi qonun hujjatlarida va normativ hujjatlarda nazarda tutilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditor ishi sifatini nazorat qilish yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Auditor ishi sifatini nazorat qilish ikki asosiy yoʻnalishga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.1. Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.2. Sifatni umumiy nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15.1. Vakolatlarni berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va layoqatliligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlar uchun yetarli darajadagi harakatlar erkinligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditning yozma dasturidan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15.2. Nazorat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlar ishining kundalik nazoratini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monand harakatlarni amalga oshirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini bilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15.3. Tekshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlar tomonidan hujjatlarning yetarliligi, auditorlik tekshiruvi maqsadlariga erishish uchun bajarilgan barcha ishlarning standartlarga muvofiqligini tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlar mavjudligiga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.1. Mustaqillik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillar barcha darajadagi xodimlarning mustaqilligiga ishonchni taʼminlashi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti bir yilda bir marta oʻz mijozlari roʻyxatini tarqatishi va oʻz xodimlaridan mustaqillik toʻgʻrisidagi arizani imzolashlarini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.2. Xodimlarga topshiriqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillar ish maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishiga asosli ishonchni taʼminlashi kerak. Mazkur talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti oʻz xodimlarining tegishli vazifalarini aniqlash imkonini beradigan tarzda oldindan rejalashtirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.3. Maslahatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillari auditorlik tashkilotining xodimlari texnik masalalar boʻyicha yaxshi xabardor boʻlgan va obroʻli shaxslardan yordam olishga intilishlari mumkinligiga asosli ishonchni taʼminlab berishi lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti audit, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritish, soliqqa tortish, maslahat xizmatlari kabi sohalar boʻyicha auditorlik tashkilotining ekspertlari sifatida maʼlum bir shaxslarni tayinlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.4. Nazorat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillari auditorlik tashkilotining joriy faoliyati unda belgilangan sifat standartlariga javob berishiga asoslangan ishonchni taʼminlab berishi lozim. Auditorlik tashkilotining nazorat tartib-taomillarini belgilash uchun javobgarligi, audit oʻtkazayotgan, rejalashtirish va shartnoma asosida aniq bir vazifani bajarayotgan xodimlarning javobgarligidan farq qiladi. Nazoratning ushbu talablarini bajarish uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini, hisobotlarni talab qilishi va ularni tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga tekshirish uchun taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.5. Ishga qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillar ishga qabul qilinayotgan xodimlarning malakali mutaxassislar ekanligiga asosli ravishda ishonch hosil boʻlishini taʼminlashi kerak. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti eng minimal malaka talablarini belgilashi mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini yuritishni kollejda buxgalteriya hisobi boʻyicha tahsil olgan va bilim jihatdan oʻrtacha ikkinchi yoki eng yaxshi boʻlgan kollej bitiruvchisi bajarishi mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.6. Professional darajaning oshirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillar auditorlik tashkiloti xodimlarining oʻz vazifalarining bajarishlari uchun zarur bilimlarga ega ekanliklari toʻgʻrisida asosli ishonchni taʼminlab berishi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti oʻz malakasini oshirish istagidagi xodimlarga professional oʻqishni davom ettirishlari uchun shart-sharoitlarni yaratib berishi va yordam koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.7. Xizmatdagi koʻtarilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillar xizmatda koʻtarilayotgan xodimlarning yangi lavozimlarni egallashlari mumkin ekanligiga asosli ishonchni taʼminlashi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun xodimlar tomonidan bajarilgan har bir vazifalarni baholash va ularning koʻtarilishiga oid, yiliga kamida bir marotaba maslahatlar berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.8. Mijozlarning maqbulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillar auditorlik tashkiloti halolsizlikdan aziyat chekayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbariyati bilan bogʻlanib qolmasligiga asosli ishonchni taʼminlashi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti boʻlajak yangi mijozi bilan ish yuzasidan toʻqnash kelgan taftishchidan, bank xodimlaridan, yuristlar va boshqa shaxslardan maʼlumotlar olishni tashkillashtirishi kerak boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.9. Inspeksiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillar auditor ishi sifatini nazorat qilish samarali olib borilayotganligi toʻgʻrisidagi asosli ishonchni taʼminlab berishi kerak. Mazkur talabning bajarilishi uchun har bir xodimning vazifalarini ajratib toʻplash, ushbu vazifalarning bajarilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa partner yoki xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻladi. Maʼmuriy ishlar va xizmatchilar tomonidan yuritiladigan ishlar ham nazorat asosida tekshirib chiqilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti tomonidan inspeksiya qilish natijalarini hujjatlar asosida tasdiqlash zarurligiga tavsiya beriladi. Hujjatlar shakli va hajmi auditorlik tashkiloti hajmiga, funksional boʻlimlar soniga, faoliyat tusiga va boshqa omillarga bogʻliq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.10. Partner yoki partnyerlar, xoʻjalik yurituvchi subyekt hajmidan kelib chiqqan holda, mazkur auditorlik tashkilotida amal qilib kelayotgan sifat ustidan nazorat qilish tizimi samaradorligi uchun javobgar boʻlishlari kerak. Bundan maqsad shuki, nazorat qilishning shunday qoida va tartib-taomillari, vazifalarning taqsimlanishi va belgilangan qoida va tartib-taomillar toʻgʻrisida xizmatchilarga xabar berish, xuddi avvalgidek oʻz maqsadiga javob berayotganini vaqtida aniqlashdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillarning belgilanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Auditor ishi sifatini nazorat qilishning qoida va tartib-taomillari xususiyati va koʻlami quyidagi shartlarga bogʻliq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.1. Auditorlik tashkilotining hajmiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.2. Auditorlik tashkiloti va funksional boʻlinmalari xodimlarining mustaqillik darajasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.3 Aksiyadorlik jamiyatlari auditi, buxgalteriya hisobi va xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish sohasidagi xizmatlar; foyda soligʻi hajmlarini aniqlash boʻyicha xizmatlar; oʻzaro auditni oʻtkazish boʻyicha majburiyatlar kabi tarkibiy qismlarni eʼtiborga olgan holda amaliy faoliyat mohiyatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.4. Olingan foydaga nisbatan auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va tartib-taomillarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlar darajasiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va tartib-taomillarini belgilashda u quyidagi choralarni koʻrishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.1. Auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha malakali xodimlar oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.2. Auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va tartib-taomillarini xodimlarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.3. Auditor ishi sifatini nazorat qilish tizimi samaradorligini, shuningdek qoida va tartib-taomillar avvalgidek ularning qoʻllanish usullari va xizmatchilarga yetkazilishi amaliyotiga toʻgʻri kelishini tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoida va tartib-taomillarning xodimlarga yetkazilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va tartib-taomillari yozma shaklda bayon qilinishi shart emas. Ular xizmatchilarni ishga qabul qilish chogʻida ogʻzaki ravishda maʼlum qilinishi va auditorlik tashkilotining umumiy yigʻilishida, bir yilda bir marotaba takrorlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shu bilan birgalikda, auditorlik tashkilotlari oʻz qoida va tartib-taomillarini hujjatlar bilan mustahkamlab borishi tavsiya etiladi. Hujjatlarning turi va hajmi eng avvalo auditorlik tashkilotining hajmiga va uning faoliyat tavsifiga bevosita bogʻliq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuchga kirish sanasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 1-maydagi 36-son (roʻyxat raqami 811-1, 2015-yil 4-may) buyrugʻi bilan kiritilgan oʻzgartirish bilan.