Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.08.2005 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AMALGA OSHIRILAYOTGAN IQTISODIY NOCHOR KORXONALARNI TARKIBIY O‘ZGARTIRISH VA MOLIYAVIY SOG‘LOMLASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2003-YIL 18-APRELDAGI 188-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi—yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarzdor korxona bankrot deb e’lon qilinganda va tugatish ishlari boshlanganda, agar qarzdor kreditori kreditorlar talabnomalari reyestriga kiritilgan, kreditor qarzi bo‘yicha qarzdor kreditor qarzining umumiy summasidan 70 va undan ko‘p foizi talabiga ega tijorat banki hisoblangan taqdirda, ushbu kreditor, garov predmeti hisoblangan mol-mulkdan tashqari, qarzdor korxonasi (mol-mulki)ni o‘z mulkiga o‘tkazish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, agar kreditorlik qarz bo‘yicha bank talabi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 131-moddasiga muvofiq aniqlangan korxonani baholash qiymatidan ko‘p yoki teng bo‘lsa, bank tomonidan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan tartibda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash uchun mablag‘lar qarzdorning yagona hisob raqamiga o‘tkazilganda hamda korxona xodimlarining ish haqlari bo‘yicha qarzdorlik qoplanganda korxona bank mulkiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning kreditorlik qarz bo‘yicha, shuningdek korxona xodimlariga ish haqi to‘lashdagi qarzlarni hamda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasi birinchi qismida belgilangan navbatdan tashqari xarajatlarni to‘lash bo‘yicha talablari summasi korxonaning baholash qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda korxonani bank mulkiga o‘tkazish ko‘rsatilgan tafovut hamda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash va korxona xodimlarining ish haqi bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun mablag‘larni bank tomonidan qarzdorning yagona hisob raqamiga o‘tkazish sharti bilan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar tugatish boshqaruvchisi tomonidan, birinchi navbatda — navbatdan tashqari to‘lovlarga va korxona xodimlarining ish haqi bo‘yicha qarzlarni to‘lashga, shuningdek “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasida ko‘rsatilgan tartibda yo‘naltiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar bank tomonidan bajarilganda, qarzdorning mol-mulki sud boshqaruvchisi tomonidan sud hujjatlari asosida tijorat bankining mulkiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning uchinchi—oltinchi xatboshida ko‘rsatilgan tartib 2005—2007-yillarda amal qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-banddagi “bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs” so‘zlari “sud boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 va 21-bandlardagi “bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs” so‘zlari “sud boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-banddagi “bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs” so‘zlari “sud boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-banddagi “bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs” so‘zlari “sud boshqaruvchisi” so‘zlari bilan hamda “83” raqami “134” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 22-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34–36-son, 263-modda)