26.03.2026 yildagi O‘RQ-1125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 20-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 5-fevralda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning alohida shartlarini, shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga oid normalarni yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi lozim boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning roʻyxatini aniqlashtiruvchi, ushbu maʼlumotlar bazalari Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozimligini, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishiga xamda ularga ishlov berilishiga oid shartlarni belgilovchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun shaxsga doir maʼlumotlarning samarali himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 385-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda) kuyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-modda ikkinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga shaxsiy va maishiy maqsadlarda ishlov berish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshisi “davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar” degan soʻzlardan keyin “hamda mudofaa va milliy xavfsizlik masalalariga taalluqli maʼlumotlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonun 271-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 271-modda kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“271-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning alohida shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlari ushbu Qonunning asosiy prinsiplari taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning genetik maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan shaxsga doir maʼlumotlar kuyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatni shaxsga doir maʼlumotlarning bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi davlat sifatida tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir maʼlumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1125-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1125/0278-son)