19.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1891-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 19.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1891-2
Kuchga kirish sanasi
19.03.2026
Hujjat 19.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1891-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891, 2009-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
02-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-bandning yettinchi xatboshisidagi “sugʻurta pulini” degan soʻzlar “sugʻurta toʻlovini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “sugʻurta pulining” va “sugʻurta pulini” degan soʻzlar tegishli ravishda “sugʻurta toʻlovining” va “sugʻurta toʻlovini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sugʻurta shartnomasi — sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan bitim boʻlib, sugʻurta qildiruvchi unga muvofiq sugʻurta mukofotini (sugʻurta badalini) sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda toʻlaydi hamda sugʻurta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi, sugʻurtalovchi esa sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muayyan voqea (sugʻurta hodisasi) yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta toʻlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn oltinchi xatboshidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta toʻlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan sugʻurta uchun toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta summasi doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 16 va 22-bandlardagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta toʻlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)