Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. 2025-yil 10-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Afgʻoniston oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida afgʻon tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan soʻng belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-mart,
PQ-84-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 07/26/84/0206-son)