Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HINDISTON RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlarni oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 18-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hindiston Respublikasining Dehli shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning 1994-yil uchun shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Elchixona xodimlari soni 1994-yil uchun 4 kishidan, shulardan diplomatik tarkibdagi xodimlar soni — 3 kishidan, texnik tarkibdagi xodimlar soni — 1 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yil uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-mart,
133-son
Hindiston Respublikasi (Dehli shahri)dagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
(hisob-kitoblar AQSH dollarida)
| T. № | Lavozim (diptarkib) | Shtatlar soni | Elchining maoshiga nisbatan foiz hisobidagi maosh | Bir oylik maosh | 10 oyga ish haqi fondi |
| 1. | Elchi | 1 | 100% | 1600 | 16000 |
| 2. | Birinchi kotib | 1 | 75% | 1200 | 12000 |
| 3. | Ikkinchi kotib | 1 | 70% | 1120 | 11200 |
| | Hammasi: | 3 | | 3920 | 39200 |
| |
Maʼmuriy-texnik tarkib | ||||
| 1. | Hisobchi, ayni paytda uning oʻzi ish yuritish boʻlinmasi mudiri | 1 | 60% | 960 | 9600 |
| | 1 | | 960 | 9600 | |
| | | | | | |
| | | | 500 | 5000 | |
| | | | | | |
| | | | 5380 | 53800 | |
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchixonasini 1994-yilning 10 oyida mablagʻ bilan taʼminlash uchun
XARAJATLAR SMETASI
(tashkiliy yil uchun, hisob-kitoblar AQSH dollarida)
| T. № |
Moddaning nomi |
Bir oylik xarajat summasi | 1994-yil 10 oyga xarajatlar summasi | |
| AQSH dollari | Soʻm-kupon | |||
| 1. | Ish haqi | 5380 | 53800 | |
| 2. | Tez tibbiy yordam (ish haqi fondidan 10%) | 538 | 5380 | |
| 3. | Moddiy-xoʻjalik xarajatlari, shu jumladan: | | 130235 | |
| | a) elchixona, rezidensiya binolarini va istiqomat xonalarini ijaraga olish | 7530 | 90360 | |
| | b) elchixona binolarini, elchixona xodimlarining istiqomat xonalarini saqlash | 2545 | 25450 | |
| | v) telefon oʻrnatish, telefon, faks, teleks uchun abonentlik toʻlovlari xarajatlari | | 5925 | |
| | g) ish yuritish, pochta-telegraf xarajatlari | 500 | 5000 | |
| | d) tillarni oʻrganish, maʼlumotnoma adabiyotlar, vaqtli nashrlarga obuna boʻlish | | 3500 | |
| 4. | Elchixona uchun avtotransport sotib olish va uni saqlash, shu jumladan; |
| 72535 | |
| | a) avtotransport sotib olish | | 56850 | |
| | b) avtotransportni saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish va sugʻurta qilish | | 15685 | |
| 5. | Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish, shu jumladan: |
| 116345 | |
| | a) elchixona uchun | | 48315 | 20000000 |
| | b) rezidensiya uchun | | 14230 | 5300000 |
| | v) istiqomat xonalari uchun | | 53800 | 10000000 |
| 6. | Xizmat safarlari | | 7936 | 14915600 |
| 7. | Elchixona va rezidensiya binolarining xavfsizligini va muhandislik himoyasini taʼminlash | | 15000 | |
| 8. | Vakillikning joriy xarajatlari | | 8000 | |
| 9. | Boshqa xildagi xarajatlar (muhr, shtamplar, bayroqlar, sovgʻalar sotib olish) | | | 10000000 |
| | JAMI: | | 409231 | 60215600 |
Keyingi tahrirga qarang.