O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN IShLAR, XIZMATLARGA NISBATAN QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1123-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 28-yanvardagi 26, 2002-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1123 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son, 2003-yil, 4-son, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-yil, 10-son, 124-bet) 5-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi birinchi qismi 1.9, 13, 14, 17, 19, 20, 22.24, 26, 28, 33-bandlarida ko‘rsatilgan ishlar (xizmatlar)”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
14-son
Davlat soliq qo‘mitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
2005-13-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 48-modda)