O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN IShLAR, XIZMATLARGA NISBATAN QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-martda 1123-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2002-yil 28-yanvarda 26-son va 2002-24-son qaror bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1123-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 7-son; 2003-y., 4-son) 5-bandidagi “v” kichik bandi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
12-son
Davlat soliq qo‘mitasining raisi J. B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
2004-11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 124-modda)