Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarning 161-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3159-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/3159/3151-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarning 161-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-fevral,
51-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2026-y., 10/26/3159-4/0138-son)