Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.1997 25.08.1994 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PAXTA TOLASI RESURSLARIDAN KOMPLEKS FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-apreldagi 203-sonli “Paxtani qayta ishlovchi korxonalarni qurishga doir takliflarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, respublikaning bir qator hududlarida paxtani qayta ishlash korxonalari zarur darajada texnik-iqtisodiy asoslashlarsiz, paxta tolasini puxta qayta ishlashga, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llanishga, respublikaning eksport potensialini oshirishga yo‘naltirilgan qurilishlarning kompleksliligini ta’minlamasdan barpo etilmoqda. Umuman respublika bo‘yicha paxta tolasi balansini zaruriy hisobga olishga rioya qilinmayapti. Bu ko‘p jihatdan ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan bosh tashkilotning yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqibat natijada bu respublikaning eng muhim boyligi bo‘lgan paxta tolasidan foydalanish samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasidan foydalanishda zaruriy muvofiqlashtirishni va balanslanganlikni ta’minlash, uni qayta ishlashning kompleksliligini va puxtaligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paxtani qayta ishlash sanoatida yagona texnika va texnologiya siyosatini o‘tkazish, paxta tolasini qayta ishlashning kompleksliligini va puxtaligini ta’minlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, paxtani qayta ishlash korxonalari qurilishi loyihalarini mustaqil ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish bo‘yicha bosh tashkilot vazifasi “O‘zmashsanoat” uyushmasining “O‘zengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI)ga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI)ga, barpo etilayotgan korxonaning mulkchilikning shaklidan yoki idoraviy bo‘ysunishidan, shuningdek, mablag‘ bilan ta’minlanish, manbalaridan qat’i nazar, paxtani qayta ishlash korxonalarini qurish, qayta qurish, texnika bilan qayta jihozlash masalalari bo‘yicha kompleks xulosalarni ularning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqish va berishni amalga oshirish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning Birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov, Bosh vazir o‘rinbosarlari Y.F.Paygin, B.S.Hamidov o‘rtoqlar “O‘zengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI) tuzilmasida tegishli bo‘linmalarni tashkil etish va mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus Komissiya ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga quyidagilar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini ishlab chiqarish va taqsimlash, shu jumladan, MDH mamlakatlariga hamda eksportga chiqarish balanslarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini qayta ishlash korxonalarini joylashtirish masalalarini ko‘rib chiqish, shuningdek, bosh tashkilot — “O‘zengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI) xulosalari asosida ruxsatnomalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini qayta ishlash korxonalarini qurish faqat ko‘rsatib o‘tilgan Komissiya ruxsati bilan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini qayta ishlash obyektlarini qurish va qayta qurishni banklar tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash yuqorida qayd etilgan Komissiyaning ruxsatnomasi hamda obyektni yuqorida qayd etilgan Komissiyaning ruxsatnomasi hamda obyektni qurishning (qayta qurish yoki texnika bilan qayta jihozlashning) texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqliligi to‘g‘risida bosh tashkilot — “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) tomonidan beriladigan xulosa mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartib buzilgan taqdirda loyihalash, qurish bo‘yicha barcha xarajatlar, shuningdek, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha jarima sanksiyalari shaxsan mazkur korxonalarni qurish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslardan undirib olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI) manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda, xomashyodan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali band etish, respublikaning eksport potensialini oshirish vazifalaridan kelib chiqqan holda, respublikada paxtani puxta qayta ishlashning butun texnologik siklini qamrab oluvchi korxonalarni joylashtirish, loyihalash va qurish ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M.Mutalov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori B.M.Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
435-son