Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2000 18.08.1994 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2000
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MEVASABZAVOTBANK” IXTISOSLAShTIRILGAN AKSIONERLIK-TIJORAT BINKINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-yanvardagi 12-sonli “Mevasabzavotbank” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankini qo‘shib yuborish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika meva-sabzavot xo‘jaligi va uning qayta ishlovchi sanoatining ishlashi hamda yanada rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”, “O‘zoziqovqatsanoat” davlat konsernlari va Moliya vazirligining “Mevasabzavotbank” respublika ixtisoslashgan aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning asosiy vazifalari meva-sabzavot xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlariga, savdo, tayyorlov va qurilish sohasi tashkilotlarining qayta ishlovchi korxonalariga kredit-hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Mevasabzavotbank” muassislari tomonidan ustav fondi 5 mln so‘m miqdorida e’lon qilingan va ularning har birining ulushi, shu jumladan, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” — 2 mln so‘m, “O‘zoziqovqatsanoat” — 2 mln so‘m va Moliya vazirligi — 1 mln so‘mdan iborat qilib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mevasabzavotbank” muassislari bir oy muddatda ta’sis badallarini to‘lasinlar va bankning ustav fondini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Mevasabzavotbank” ustav fondi bank aksiyalarini sotishdan olinadigan mablag‘lar hisobiga shakllantirilishi lozimligini hisobga olib, bank Kengashi uch oy muddatda aksiyalarning chiqarilishini va ularning aksionerlar o‘rtasida tarqatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zdehqonchiliksanoatbank” 1994-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan holatga ko‘ra bo‘lish vedomostiga muvofiq aktivlar va passivlarni “Mevasabzavotbank” ka berishni 1994-yil 1-noyabrgacha belgilangan tartibda amalga oshirsin, shuningdek, asosiy fondlar va xizmat xonalarining tegishli qismini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: “Mevasabzavotbank”ning tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdehqonchiliksanoatbank” va “O‘zsanoatqurilishbank” bilan birgalikda bankni malakali mutaxassislar bilan butlashda yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi, Aloqa vazirligi “Mevasabzavotbank” ni uning buyurtmanomalari bo‘yicha zarur miqdordagi transport va aloqa vositalari bilan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Mevasabzavotbank” ishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
426-son