04.02.2026 yildagi PF-17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarilishini kengaytirish, sanoat tarmoqlari va aholi isteʼmoli uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishda bozor mexanizmlarini keng joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik subyektlari va yirik korxonalar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini tizimli kengaytirish, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar xaridini ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida yagona boshqaruvni joriy etish orqali yaxlit va muvofiqlashtirilgan davlat siyosati yuritilishini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mamlakatda yuqori texnologiyali va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish, oʻzlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tarmoq korxonalari tomonidan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarilishini oʻzlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining tashqi omillarga bogʻliqligini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yirik korxonalarning ishlab chiqarish zanjirlariga kichik va oʻrta biznes subyektlarini keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) mahalliy ishlab chiqarishning global yetkazib berish zanjirlariga integratsiyalashuvini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash va xalqaro sifat standartlarini joriy etishga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarni oʻzlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) iqtisodiyot tarmoqlarida mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yangi boshqaruv tizimini yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari Agentlikka oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tuzilmasiga oʻtkaziladigan tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Dasturiy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tarmoqlar ehtiyoji hamda xorijiy tajriba tahlili asosida, oʻrta va uzoq muddatda mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) ishlab chiqib, tasdiqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Dasturlar quyidagilar kesimida shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) drayver sohalar (farmatsevtika, elektrotexnika, elektronika va robototexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, gaz va neft kimyosi, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yuqori investitsiya salohiyatiga ega bazaviy tarmoqlar (energetika, togʻ-kon sanoati, kimyo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) hududlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) Kengash qarori bilan belgilanadigan boshqa sohalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Dasturlar tarmoq va hududlar tomonidan shakllantirilib, Agentlik bilan kelishiladi va Kengash tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Agentlik Dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi hamda tarmoq va hududlarga uslubiy va amaliy jihatdan koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik soha va tarmoqlarga masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab Dasturlarning ishlab chiqilishi va Kengashga kiritib borilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yangi instrumentlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qoʻshiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi oʻzlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantiradi va eʼlon qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oʻzlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan mahsulotlarni oʻzlashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan oʻrnatilgan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi hamda ular Dasturlarga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Agentlik tomonidan masʼul vazirlik va idoralar, tarmoq va hududlar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qoʻllaniladigan yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalari boʻyicha milliy iqtisodiyotga qoʻshiladigan qiymatni quyidagi mezonlar asosida kompleks baholash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) sanoat kooperatsiyasi va qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishga kiritiladigan hissa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yaratiladigan qoʻshilgan qiymat va uning iqtisodiy samarasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mahalliy kadrlarni jalb qilish koʻrsatkichi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) koʻrsatilayotgan xizmatlar va infratuzilmaga taʼsir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) texnologiyalar, innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hujjatlarda (investitsiya bitimlari, mahsulot taqsimotiga oid bitim, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va boshqalar) davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari hamda kafolatlar bilan birga mazkur bandning “v” kichik bandida belgilangan mezonlar boʻyicha koʻrsatkichlar nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mahalliy va xorijiy korxonalarning davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish uchun “yetkazib beruvchilarni rivojlantirish” tamoyili (vendor development) asosida qoʻshilgan qiymat yaratishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xorijiy huquq egalari bilan hamkorlik oʻrnatib, ularning ishlab chiqarish texnologiyalari transferi, brend, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini mahalliy tadbirkorlik subyektlariga berishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yangi mahsulotni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga muvofiqlikni baholashdan oʻtkazish, litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish, sanitariya va boshqa tartib-taomillardan oʻtishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Agentlik va uning hududlardagi loyiha ofislari belgilangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari boshliqlari bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Agentlik direktori Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya hamda Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining doimiy aʼzosi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda mahsulotlarni ishlab chiqarishda yaratilgan qoʻshilgan qiymat ulushi qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlarga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) Dasturlarga kiritilgan loyihalar doirasida ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan, respublikada oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan xomashyo va butlovchi buyumlar 3 yil muddatga bojxona bojidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yirik korxonalarning ishlab chiqarish zanjirlariga kichik va oʻrta biznes subyektlarini jalb qilish va mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Dasturlar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali xorijiy valyutada yillik 6 foiz (jumladan, bank marjasi — 2 foiz), milliy valyutada yillik 12 foiz (jumladan, bank marjasi — 2 foiz) stavkada 10 yil muddatgacha, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan bitta loyiha uchun 10 million AQSH dollarigacha kredit mablagʻlari ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yangi turdagi yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalar hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirishga tijorat banklari orqali xorijiy valyutada yillik 6 foiz (jumladan, bank marjasi — 2 foiz), milliy valyutada yillik 12 foiz (jumladan, bank marjasi — 2 foiz) stavkada 1 yilgacha muddatga bitta loyiha uchun 2 million AQSH dollarigacha kredit mablagʻlari ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tadbirkorlik subyektlarining xorijiy huquq egalaridan ishlab chiqarish texnologiyalari transferi, brend, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilaridan foydalanish huquqini olish bilan bogʻliq xarajatlarining 30 foizigacha, biroq 1 million AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sanoat startaplari — yangi turdagi yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 10 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga tanlov asosida subsidiyalar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning 9-bandida nazarda tutilgan instrumentlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga 2026-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Davlat xaridlarining samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida davlat xaridlarida xarid predmetini texnologik zanjirlar, funksional bosqichlar va ish turlari kesimida alohida lotlarga boʻlish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xarid predmetini bitta lotga birlashtirish faqat iqtisodiy samaradorlik, texnologik uzviylik yoki ekspluatatsiya xavfsizligi bilan bogʻliq asoslar mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mazkur tartib mahalliy va xorijiy ishtirokchilarga teng va ochiq shartlarda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish boʻyicha davlat xaridlari hamda qiymati 1 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan boshqa davlat xaridlari, shuningdek, ekspluatatsiya muddati 3 yildan ortiq boʻlgan xarid predmeti boʻyicha takliflarni baholash umumiy egalik qilish qiymati (TCO) usulini qoʻllagan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) korporativ xaridlar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xaridlar sohasidagi mutaxassis sifatida faoliyat yuritishga faqat “professional xaridor” sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tarkibida kamida bir nafar “professional xaridor” sertifikatiga ega mutaxassis boʻlishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) xaridlar sohasidagi mutaxassislarni oʻqitish va sertifikatlashtirish xalqaro sertifikatlashtirish tashkilotlarining (CIPS, IFPSM, ITC MLS-SCM, WorldCC va boshqalar) akkreditatsiyasidan oʻtgan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestri Agentlik tomonidan shakllantiriladi va u davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) korporativ buyurtmachilarda “professional xaridor” sertifikatiga ega mutaxassislar mavjud boʻlmagan taqdirda, 2028-yil 1-yanvardan boshlab ular davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Kengash “professional xaridor” sertifikatiga ega mutaxassislar mavjud boʻlishi talabini budjet buyurtmachilariga tatbiq etish muddati va ularning roʻyxatini hamda ushbu talab tatbiq etiladigan korporativ buyurtmachilar toifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab vositachi-broker va (yoki) dilerlarga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish orqali ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlarida sotish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-apreldan boshlab budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan taklif etilgan eng past import tovarlarining narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda oʻn besh foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda oʻn ikki foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda sakkiz foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab, budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari doirasida mahalliy xizmat (ish)larga nisbatan taklif etilgan eng past import xizmat (ish)lar narxidan 15 foiz miqdorida preferensiya qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab davlat xaridlari maxsus axborot portalida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda baholash imkonini beruvchi elektron-skoring tizimi ishga tushirilsin. Bunda elektron-skoring tizimi vositasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi “yuqori”, “oʻrta”, “past” va “eng past” ishonchlilik darajalari beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi ragʻbatlantirish choralari koʻriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “yuqori” ishonchlilik darajasiga ega ishtirokchilar uchun zakalat toʻlash talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda qoʻshimcha ball beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat xaridlarida yangi roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga umumiy shartlarda davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) davlat xaridlari sohasida “eng faol tadbirkor” tanlovida davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “yuqori” boʻlgan davlat xaridlari ishtirokchilarining nomzodlari qoʻllab-quvvatlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “past” va “eng past” boʻlgan ishtirokchilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishiga ruxsat etiladigan davlat xaridlarining yuqori qiymatiga nisbatan meʼyorlar belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) bepul onlayn oʻquv kurslari orqali malakasini oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Kadrlar siyosati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalari doirasida mahalliy mutaxassislarni jalb qilish rejasi, korxonalarning talabi va buyurtmanomalariga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy va xorijiy taʼlim tashkilotlarida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida mutaxassislarning malakasini oshirishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yangi raqobatbardosh mahsulotlarni oʻzlashtirishda bevosita qatnashganligi uchun vazirlik, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarning boshqaruv, muhandis-texnik va boshqa xodimlarini yillik bir marta toʻlanadigan mukofotlar tarzida moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ishlab chiqarishi oʻzlashtirilgan mahsulot turlarini xarid qilishga yoʻnaltirilgan yillik mablagʻlar summasi (oxirgi amalga oshirilgan shartnomaga muvofiq) va mos hajmdagi oʻzlashtirilgan mahsulot turlarining xarid summasi oʻrtasidagi ijobiy farqning (iqtisod qilingan mablagʻ) 20 foizi bir marta toʻlanadigan mukofotlarni toʻlash manbai hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) koʻrsatilgan ijobiy farqning toʻrtdan bir qismi korxona rahbariga toʻlab beriladi, toʻrtdan uch qismini xodimlar oʻrtasida taqsimlash korxona rahbari tomonidan mustaqil ravishda, har bir xodimning loyihani amalga oshirishdagi shaxsiy hissasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.A. Xakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 4-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-17-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son Farmoniga
1-ILOVA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi faoliyatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY YOʻNALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda davlat xaridlari sohasida yagona davlat siyosatini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soha va tarmoqlarda xususiy sektor bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmatlarni koʻrsatish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, birlashmalar va yirik korxonalar rahbarlarining mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shu jumladan, kafolatli xarid shartnomalarini tuzish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy faoliyat turlari va investitsiya loyihalari boʻyicha davlat xaridlarida milliy iqtisodiyotga qoʻshiladigan qiymatni baholash boʻyicha takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Asosiy mahsulot va xizmatlar turlari boʻyicha importga qaramlikni kamaytirish hamda valyuta mablagʻlaridan samarali foydalanish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda tarmoq va hududlarda mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yirik investitsiya loyihalari va davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ishtirokini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro bogʻliq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni va raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha ilgʻor mahalliy va xorijiy “R&D” markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tarmoq va hududlarda mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat ishtirokidagi yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalarida milliy iqtisodiyotga qoʻshiladigan qiymatni baholash natijalari qoʻllanilishini doimiy monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xaridlari sohasida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan yagona tizim yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat sektoridagi xarajatlarning natijadorligini doimiy monitoring qilish va iqtisodiy jihatdan asoslantirilganligini baholashning zamonaviy usullarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobat muhitini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat xarajatlari sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish va maʼlumotlarni tahlil qilish orqali nazorat jarayonlarida inson omilini kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son Farmoniga
2-ILOVA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tuzilmasiga oʻtkaziladigan tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DM*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekekspertiza” AJ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur roʻyxatda nazarda tutilgan tashkilotlarda aksiyador (ishtirokchi, muassis) funksiyalari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tuzilmasiga 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son Farmoniga
3-ILOVA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashining tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O.A. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Kengash raisi

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori

B.F. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

X.S. Toʻraxoʻjayev

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

A.R. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi

Lavozimi boʻyicha

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori oʻrinbosari, Kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimida “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “5 618” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “5 583” raqamlari tegishlicha “5 585” va “5 550” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” boʻlimida “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “963” raqami “946” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarorining 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) toʻqqizinchi xatboshidagi “0,02” raqami “0,04” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 31-maydagi “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 251-son qarori 8-bandining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,05 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,01 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,04 foiz”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 325-son qaroriga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 16-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yettinchi qator chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga vositachilik yigʻimi” qatoridagi “0.02” raqami “0.04” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 17-pozitsiyaning “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga vositachilik yigʻimi” qatoridagi “0.08” raqami “0.05” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) quyidagi mazmundagi 50-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

50.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning davlat xaridlari tizimidagi xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya yigʻimlaridan tushgan mablagʻ

20

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga vositachilik yigʻimi

0.01

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)