OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
Oʻzbekiston respublikasi davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston respublikasi davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN ALOHIDA TURDAGI TOVARLAR UChUN AKSIZ SOLIGʻI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1101-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 31-yanvardagi 7 va 01-02/8-8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1770, 16.02.2008-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17- va 02/8-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning (2002-yil 5-mart, roʻyxat raqami 1101 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 5-son) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga aksiz soligʻi olinmaydigan tovarlarning jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi boʻyicha belgilangan normalar”ga (1998-yil 13-mart, roʻyxat raqami 412 — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1998-yil, 3-son, 2002-yil, 2-son) koʻra jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi tatbiq etilmaydi”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-yanvar,
20-son
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-yanvar,
01-02/8-2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 43-modda)