Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarning kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisidagi dastlabki qarorni qabul qilish tartibi haqidagi nizomning 3-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 30-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3505-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 19-fevraldagi 109-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3505, 2024-yil 19-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 10/24/3505/0231-son) bilan tasdiqlangan Tovarning kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisidagi dastlabki qarorni qabul qilish tartibi haqidagi nizomga 3-ilovaning 8-pozitsiyasidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-yanvar,
1-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2026-y., 10/26/3505-1/0095-son)