20.01.2026 yildagi PQ-19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada qon mahsulotlariga boʻlgan talabning ortib borayotgani sababli qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining imkoniyatlarini yanada kengaytirish, davolash muassasalarining qon va qon mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2026 — 2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida har ming nafar aholiga donatsiyalar sonini 10 tadan 30 tagacha oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qon mahsulotlariga ehtiyojni toʻliq qoplash uchun qon topshirishlar (donatsiyalar) sonini 1 milliontagacha oshirish orqali tayyorlanadigan qon zaxirasini amaldagi 150 ming litrdan 450 ming litrga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) begʻaraz qon donorlari sonini 300 ming nafardan 900 ming nafargacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjirida biznes jarayonlarni boshqarish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan standart operatsion jarayonlar, xavfsizlik bayonnomalari hamda skrining usullarini amaliyotga joriy etish orqali qon va uning tarkibiy qismlari xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari xodimlarining bilimlarini oshirish va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) begʻaraz donorlikni rivojlantirish, zarur qon zaxirasini shakllantirish uchun tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qon bilan ishlash xizmati tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini taʼminlash boʻyicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari amaliyotga joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi joriy etiladi. Bunda qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyojni shakllantirish, toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, yetkazish va bemorga quyish, tahlil va hisobotlarni yuritish, sifat nazoratini taʼminlash va qon mahsuloti muomalasini monitoring qilish inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-martdan boshlab “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qon bilan ishlash xizmati hamda davolash-profilaktika tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro aloqalar yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2026-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi ishlab chiqiladi va sinovdan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) qon va uning tarkibiy qismlari toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlarni yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ishlatish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ushbu axborot tizimini elektron tibbiy karta, laboratoriya axborot tizimlari va tibbiyot tashkilotlari bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Platformaga quyidagi imkoniyatlarni beruvchi yangi funksiyalar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Platforma orqali qon va uning tarkibiy qismlari harakatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari bilan integratsiya qilingan holda qon va uning tarkibiy qismlariga buyurtma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tibbiyot muassasalaridagi qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasini onlayn kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tugʻruq muassasalarini qon va uning tarkibiy qismlari, plazma va eritrotsitar massa zaxirasi bilan taʼminlashni onlayn monitoring qilish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻruq muassasalarining elektron axborot tizimlari va Platforma oʻrtasida axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiladorlik davrida qon va uning tarkibiy qismlariga shoshilinch zarurat tugʻilganda qon bilan ishlash xizmatini avtomatlashtirilgan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar qon bilan ishlash xizmati tashkilotlaridagi barcha jarayonlarni, qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasi reyestrini oʻz ichiga olgan “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda ikki bosqichli skrining tekshiruvidan oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Begʻaraz qon donorligi harakatini yanada rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2026-yil 1-yanvardan boshlab begʻaraz qon donorligi harakatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tizim joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har oyda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi oʻtkaziladi. Bunda mazkur aksiya doirasida har oyning bir haftasi mobaynida — qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning uch haftasi mobaynida — taʼlim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida har yili bir marotaba donorlik kunlari oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mehnat jamoalarida donorlik kunlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy hamda oliy taʼlim tashkilotlarida donorlik boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va uchrashuvlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda jamoat joylarida, shu jumladan, savdo shoxobchalari (bozorlar, marketlar va boshqalar), taʼlim va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish zonalari, madaniy, koʻngilochar muassasalar hamda oliy taʼlim tashkilotlarida koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tugʻruqda tibbiy yordam koʻrsatuvchi har bir muassasada qon va uning tarkibiy qismlari shoshilinch zaxirasini tashkil etsin hamda uni qon va uning tarkibiy qismlari, jumladan, plazma va eritrotsitar massa zaxirasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tegishli hududlarda begʻaraz qon donorligini targʻib qiluvchi ijtimoiy tashqi reklama va axborot obyektlarining joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tadbirlarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yilda Davlat budjeti va boshqa manbalar hisobidan mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 308 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi va narxlar oʻzgarishiga qarab indeksatsiya qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Respublika qon quyish markazi va hududiy qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini taʼminlash uchun tibbiy jihozlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026 — 2030-yillarda aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda xatlov natijasiga koʻra 2026 — 2028-yillarda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan respublikadagi barcha tugʻruq muassasalarida qonni saqlash va tashish uchun sovitish qurilmalari, termokonteynerlar va uskunalar xarid qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026 — 2030-yillarda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining 150 nafar mutaxassislarini nufuzli xorijiy tibbiyot tashkilotlari hamda markazlariga yangi texnologiyalar bilan ishlash boʻyicha malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat-xususiy sheriklik asosida yiliga 20 tonnagacha plazmani qayta ishlash hajmiga ega, “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” talablariga javob beradigan qon preparatlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Bunda 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiya mablagʻlari jalb etilishi inobatga olinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tibbiy jihoz hamda boshqa asbob-uskuna va tovarlar, shu jumladan, avtotransport vositalari xaridini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin. Bunda birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qoʻllaniladigan tibbiy jihoz va boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatini oʻrgansin va shu asosda dastur qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda qon donorligi hamda uning ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlarini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-19-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini yanada rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining transformatsiyasini muvofiqlashtirish.

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini isloh qilish, shu jumladan, mazkur “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda ishchi guruh tarkibiga respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davolash-profilaktika tashkilotlari vakillari kiritilishini nazarda tutish.

2026-yil yanvar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“UZINFOCOM” MCHJ,

Respublika qon quyish markazi

2.

Qon mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni standartlashtirish.

1. Qon bilan ishlash xizmatidagi barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga solish hamda qon xizmati uchun standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalarini ishlab chiqish maqsadida soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2026-yil yanvar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika qon quyish markazi

2. Xalqaro tajriba asosida qon va uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, qayta ishlash va laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha qon bilan ishlash xizmatidagi barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga solish uchun qon xizmatining standart operatsion jarayonlar, xavfsizlik bayonnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil may

3. Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalari boʻyicha xodimlarni oʻqitish reja-jadvali va dasturini tasdiqlash.

2026-yil aprel

4. Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalari boʻyicha 1 haftalik (72 soatlik) seminarlar tashkil qilish va barcha qon xizmati tashkilotlari xodimlarini oʻqitish.

2026-yil may — avgust

(reja-jadval asosida)

Respublika qon quyish markazining budjetdan tashqari mablagʻlari

5. Qon xizmati tashkilotlari uchun qoʻllaniladigan sarflov vositalarini xarid qilish, qon va qon preparatlarini qayta ishlash, laboratoriya sinovlarini oʻtkazish va boshqa ish jarayonlariga standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalarini joriy etish.

Bunda zarur moddiy-texnika baza shakllantirilishi, shu jumladan, oʻz vaqtida xarid qilinishi va oʻrnatilishini taʼminlash.

2026-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika qon quyish markazi

3.

Qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyojni shakllantirish, toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, yetkazish va bemorga quyish, tahlil va hisobotlarni yuritish, sifat nazoratini taʼminlash va qon mahsuloti muomalasini monitoring qilish jarayonlarini boshqarish tizimini joriy etish.

1. “Ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarni takomillashtirish.

2026-yil yanvar — iyul

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Respublika qon quyish markazi

2. Yangilangan biznes-jarayonlar boʻyicha xodimlarning bilimlarini oshirish.

2026-yil avgust-sentabr

3. “Ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarni boshqarish tizimini amaliyotga joriy etish.

2026-yil oktabr

4.

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlaridagi ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasi reyestrini yaratish.

1. Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi doirasida qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirish, qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasi reyestriga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish.

2. “Qon mahsulotlarini elektron hisobga olish va yuritish” elektron axborot tizimini yaratish.

Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi orqali qon va uning tarkibiy qismlari harakatini nazorat qilish, ehtiyojni shakllantirish, buyurtma berish, zaxirani onlayn kuzatish, qon va uning tarkibiy qismlari reyestrini shakllantirish imkoniyatini yaratish.

Bunda qon bilan ishlash xizmati boʻyicha barcha jarayonlarni Respublika qon quyish markazi tomonidan muvofiqlashtirish hamda ehtiyojlar asosida qon va uning tarkibiy qismlari bilan tibbiyot muassasalari uzluksiz taʼminlanishini nazorat qilish nazarda tutiladi.

2026-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“UZINFOCOM” MCHJ,

Respublika qon quyish markazi

3. “Qon mahsulotlarini elektron hisobga olish va yuritish” elektron axborot tizimida ishlash boʻyicha xodimlarni oʻqitish reja-jadvali va dasturini tasdiqlash.

2026-yil dekabr

4. Reja-jadval asosida xodimlarni oʻqitish.

2027-yil yanvar-fevral

5. “Qon mahsulotlarini elektron hisobga olish va yuritish” elektron axborot tizimini joriy etish.

2027-yil mart

5.

Qon donorligi hamda uning ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.

1. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari bilan hamkorlikda begʻaraz donorlik aksiyalarini oʻtkazish.

2. Jamoat joylarida, shu jumladan, savdo shoxobchalari (bozorlar, marketlar va boshqalar), taʼlim va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish zonalari, madaniy, koʻngilochar muassasalar hamda oliy taʼlim tashkilotlarida koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilish.

2026 — 2030-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Qon donorligi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan media-reja ishlab chiqish.

4. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng koʻlamli axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish va yoritib borish.

2026 — 2030-yillar

(har yili)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

6.

Aholi orasida begʻaraz donorlik aksiyalarini tashkil etish.

1. Aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, donorlarga sifatli xizmatlar koʻrsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

2026 — 2030-yillar

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Har chorakda “Qon donorligi haftaligi” milliy aksiyasini oʻtkazish reja-jadvalini tuman (shahar) kesimida ishlab chiqish va tasdiqlab borish.

Har chorakda

3. Davlat tashkilotlarida “Qon donorligi haftaligi”ni har oyda reja-jadvalga muvofiq oʻtkazib borish hamda mazkur yoʻnalishda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

4. “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan shaxslar va koʻp yillar begʻaraz qon topshirib kelayotgan donorlar bilan yoshlar va talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.

5. Joylarda va tashkilotlarda oʻtkaziladigan donorlik aksiyalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

2026 — 2030-yillar

7.

Aholi orasida begʻaraz donorlik hamda koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilish orqali qon zaxirasini koʻpaytirishga hissa qoʻshish uchun motivatsion dasturlarni tashkil etish.

1. Aholi orasida begʻaraz donorlik hamda koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilishda ishtirok etgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarga “Qon xizmatining faxriy doʻsti” sertifikatini berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil fevral

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. “Qon xizmatining faxriy doʻsti” sertifikati berilgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlari vakillarini Butunjahon donorlar kuni bayramida taqdirlash.

2026 — 2030-yillar

8.

Qon yigʻuvchi mobil guruhlarning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.

 Qon yigʻuvchi mobil guruhlarga 14 ta maxsus jihozlangan avtotransport vositalarini xarid qilish.

2026-yil dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

5 mlrd soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini zarur sarflov materiallari bilan taʼminlash.

1. Qon va uning tarkibiy qismlariga boʻlgan yillik ehtiyojni inobatga olgan holda, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini quyidagi sarflov materiallari bilan doimiy taʼminlash:

2026-yildan boshlab

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

a) leykofiltrli gemokonteynerlar:

2026-yil — 600 ming dona;

Davlat budjeti mablagʻlari

64,8 mlrd soʻm

b) PZR test-reagentlari:

2026-yil — 6 000 ta toʻplam;

v) IXLA test-reagentlari:

2026-yil — 600 mingta tahlil uchun.

Davlat budjeti mablagʻlari

177,8 mlrd soʻm

2. Qon va uning tarkibiy qismlariga boʻlgan yillik ehtiyojni inobatga olgan holda, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini quyidagi sarflov materiallari bilan doimiy taʼminlash:

a) leykofiltrli gemokonteynerlar:

2027-yil — 700 ming dona;

2028-yil — 800 ming dona;

2029-yil — 900 ming dona;

2030-yildan boshlab — 1 million dona;

b) PZR test-reagentlari:

2027-yil — 7 000 ta toʻplam;

2028-yil — 8 000 ta toʻplam;

2029-yil — 9 000 ta toʻplam;

2030-yildan boshlab — 10 mingta toʻplam;

v) IXLA test-reagentlari:

2027-yil — 700 mingta tahlil uchun;

2028-yil — 800 mingta tahlil uchun;

2029-yil — 900 mingta tahlil uchun;

2030-yildan boshlab — 1 millionta tahlil uchun.

2027-yildan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3. Gemokonteynerlarning xaridi bolalar va kattalar uchun moʻljallangan hajmlarda ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilishini taʼminlash.

2026-yildan boshlab

Ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10.

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini 7 turdagi (virus inaktivator, qon separatori, rentgen nurlatgich, 2 turdagi qon uchun refrijeratorli sentrifuga, past haroratli (-40°C) muzlatkich va sovitkichlar) 146 ta tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2026-yil

Davlat budjeti mablagʻlari 60 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2027-yil

Davlat budjeti mablagʻlari 42 mlrd soʻm

2026-yil

“KfW” banki (Germaniya) grantlari 8 mln yevro

2. Respublika qon quyish markazida davlat-xususiy sheriklik asosida yiliga 20 tonnagacha plazmani qayta ishlash hajmiga ega, “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” talablariga javob beradigan qon preparatlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilish.

20262028-yillar

Investitsiya mablagʻlari 10 mln AQSH dollari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

11.

Qon va uning tarkibiy qismlari logistikasini takomillashtirish.

1. Amaldagi qon va uning tarkibiy qismlari logistikasi tizimini tanqidiy oʻrganish. Bunda chekka va olis hududlar, hududlarning oʻziga xos sharoitlari inobatga olinadi.

2026-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Qon va uning tarkibiy qismlari logistikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻini qabul qilish.

Bunda qon va uning tarkibiy qismlarini tashish uchun tibbiyot tashkilotlarining transport vositalari bilan taʼminoti, qon va uning tarkibiy qismlarini belgilangan talablarga muvofiq xavfsiz tashish sharoitlarini taʼminlash inobatga olinadi.

2026-yil aprel

12.

Qon donorlaridan qon va uning tarkibiy qismlarining davlat zaxirasini koʻpaytirish.

1. Qurolli Kuchlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda begʻaraz donorlikni tashkil etish boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish.

2026-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Bojxona qoʻmitasi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Bosh prokuratura

2. Qoʻshma qaror doirasida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qon yigʻuvchi mobil guruhlarning tashrifi boʻyicha yillik reja-jadvalini tasdiqlash va tashriflarini tashkil etish.

2026-yil martdan boshlab reja-jadval asosida

13.

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini moliyalashtirish usullarini takomillashtirish.

1. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini ular tomonidan tayyorlanadigan (yigʻiladigan) qon va qon mahsulotlari hajmidan kelib chiqqan holda moliyalashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2026-yil iyul

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini moliyalashtirish usullarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil oktabr

14.

Qon bilan ishlash xizmati xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tizimini takomillashtirish.

2026 — 2030-yillarda aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalaridan kelib chiqib, qon bilan ishlash xizmati xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy qilish va ularga faoliyatining natijadorligiga qarab (KPI) moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash.

2027-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

15.

Hududiy qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatini yangi qurib bitkazilgan bino va inshootlarda tashkil qilish.

2026-yil yanvar

-

Sirdaryo va Toshkent viloyati hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qon quyish stansiyasi uchun qoʻshimcha bino qurish.

Namangan viloyati qon quyish stansiyasi uchun binolarni qurish va rekonstruksiya qilish.

2027-yil dekabr

2027-yilda Davlat budjetidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablagʻlar 24,5 mlrd soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Namangan viloyati hokimligi

16.

Qon bilan ishlash xizmati mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish.

1. Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalarini inobatga olgan holda yiliga 30 tadan mutaxassislarni rivojlangan davlatlarda malaka oshirishga yuborish (jami 150 nafar).

2026 — 2030-yillar

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika qon quyish markazi

2. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining xodimlarini 6 turdagi yangi tibbiy texnologiyalarda ishlashni oʻrgatish (har bir hududdan 6 ta shifokor va 6 ta hamshira-laborant, jami 90 ta shifokor va 90 ta hamshira-laborant).

2026-yil

(reja-jadval asosida)

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

17.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Xorijiy yetakchi klinikalarning transfuziologiya yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va ekspertlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2026 — 2030-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika qon quyish markazi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika qon quyish markazi va hududiy qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini taʼminlash uchun tibbiy jihozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot nomi

Virus inaktivator

Qon avtomatik separatori

Rentgen nurlatgich

Qonni qayta ishlash uchun refrejiratorli sentrifuga

Qonni qayta ishlash uchun refrejiratorli sentrifuga

(yopiq tizimli)

Oʻta past haroratli muzlatkich

(-40°)

Sovitkich

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qon quyish stansiyasi

1

1

-

2

1

2

2

2.

Andijon viloyati qon quyish stansiyasi

1

1

1

2

1

2

2

3.

Buxoro viloyati qon quyish stansiyasi

1

1

1

2

1

2

2

4.

Jizzax viloyati qon quyish stansiyasi

1

1

1

2

1

2

2

5.

Qashqadaryo viloyati qon xizmati markazi

1

1

1

2

1

2

2

6.

Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi

1

1

1

2

1

2

2

7.

Namangan viloyati qon quyish markazi

1

1

1

2

1

2

2

8.

Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi

1

1

1

2

1

2

2

9.

Surxondaryo viloyati qon quyish stansiyasi

1

1

1

2

1

2

2

10.

Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasi

1

1

1

2

1

2

2

11.

Toshkent viloyati qon quyish stansiyasi

-

-

1

-

-

2

2

12.

Fargʻona viloyati qon quyish markazi

1

1

1

2

1

2

2

13.

Xorazm viloyati qon quyish markazi

1

1

1

2

1

2

2

14.

Toshkent shahar “Qon preparatlari” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi

1

1

1

2

1

2

2

15.

Respublika qon quyish markazi

-

2

-

4

2

2

2

JAMI:

13

15

13

30

15

30

30

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Sogʻliqni saqlash vazirligiga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib, jihozlarni boshqa qon bilan ishlash xizmati tashkilotiga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2030-yillarda aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Donatsiyalar, qon (plazma, trombotsitlar) topshirishlar soni

600 000

700 000

800 000

900 000

1 000 000

2.

Har ming nafar aholiga donatsiyalar soni

10

15

20

25

30

3.

Begʻaraz qon donorlari soni

400 000

500 000

625 000

750 000

900 000

4.

Qon tayyorlashda mobil (sayyor) guruhlarning ulushi, foizda

40

42

44

46

50

5.

Tayyorlangan qon miqdori, litrda

250 000

300 000

350 000

400 000

450 000

6.

Albumin, litrda

1 000

2 000

2 500

5 000

10 000

7.

Immunoglobulinlar, dozada

2 000

3 000

4 000

6 000

12 000

8.

Gemotransmissiv infeksiyalar aniqlangan qon hajmining tayyorlangan qon hajmiga nisbati, foizda

5

4,5

4,0

3,9

3,8

9.

Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalari boʻyicha qon xizmati tashkilotlari xodimlarini oʻqitish, foizda

100

-

-

-

-

10.

Qon xizmati tashkilotlari xodimlarini rivojlangan davlatlarda malakasini oshirish, soni

30

30

30

30

30

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4592-son qaroriga 1-ilovaning 15 va 17-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi 202-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nomidagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 1, 2 va 3-bandlardagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band, 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-band, 31-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 4 va 5-bandlardagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2-ilovaning nomidagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-noyabrdagi 324-son qarori bilan tasdiqlangan Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, donorlarga sifatli xizmatlar koʻrsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Reimbursatsiya dasturining budjeti Jamgʻarmadan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga ajratilgan mablagʻlarning 10 foizigacha miqdorida belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “va hududiy darajalarda” soʻzlari “darajasida” soʻzi bilan hamda “2026-yil 1-yanvardan” soʻzlari “2026-yil 1-iyuldan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “boshlab” soʻzidan keyin “davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hududiy darajada — imtiyozli bemorlarga, 2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan aholi toifalariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“respublika darajasida — imtiyozli bemorlarga, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan aholi toifalariga”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/19/0067-son)