17.12.2025 yildagi 1556-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 17.12.2025 yildagi 1556-V-son
Kuchga kirish sanasi
17.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri B. Kudratxodjayevning “Aholini yongʻinlardan muhofaza qilish, xususan, ijtimoiy soha obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri B. Kudratxodjayevning “Aholini yongʻinlardan muhofaza qilish, xususan, ijtimoiy soha obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi asosida mamlakatimizda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, shu jumladan fuqaro muhofazasini, yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2023 — 2025-yillarda sohaga doir jami 22 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 1 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni va 7 ta qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 ta qarori qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan texnik-profilaktik tadbirlarni samarali amalga oshirish hamda aholi uylarida yongʻin, is gazi va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq hodisalar kelib chiqishining oldini olish maqsadida mahallalarning ilmiy asoslangan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻinlarni barvaqt aniqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari inspektorlarining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohalaridagi davlat nazoratiga oid vazifalari xalqaro tajriba asosida birlashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining inspektorlari tomonidan aholini yongʻinlardan muhofaza qilish boʻyicha olib borilgan profilaktika tadbirlari doirasida joriy yilda 79 434 ta korxona va tashkilotda (shu jumladan, davlat tasarrufidagi 58 284 ta korxona va muassasada, tadbirkorlik subyektlariga tegishli 21 150 ta obyektda) tekshiruvlar oʻtkazilgan hamda mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga tegishli tavsiyalar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun 51 824 nafar mansabdor shaxs va fuqaroga nisbatan 31,8 mlrd. soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar solingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan davlat nazorati tadbirlari doirasida aholida yongʻin, is gazi va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq hodisalarning oldini olishga qaratilgan xavfsizlik madaniyatini shakllantirish maqsadida 127 mingga yaqin uchrashuv va davra suhbati oʻtkazilib, mazkur tadbirlarda qariyb 5 mln. fuqaro qamrab olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida aniqlangan 68 536 ta qoidabuzarlikning 46,7 foizi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida aniqlangan 4 250 ta qoidabuzarlikning 51,2 foizi, shuningdek tibbiyot muassasalarida aniqlangan 15 402 ta kamchilikning 47,3 foizi bartaraf etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar sohadagi muammolar toʻliq hal etilmaganligini, ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida kamchiliklarning katta qismi bartaraf etilmay qolayotganligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida aniqlangan kamchiliklarning 53,3 foizi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida aniqlangan kamchiliklarning 48,8 foizi, tibbiyot muassasalarida aniqlangan kamchiliklarning esa 52,7 foizi hanuz bartaraf etilmagan boʻlib, bu holat yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun mahalliy budjetlardan zarur mablagʻlar ajratilmayotganligi bilan ham bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, maʼlumotlarga koʻra, 2024-2025-yillarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha talablarning davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bajarilishi uchun respublika boʻylab jami 208 tumandan (shahardan) faqatgina 98 tasida mahalliy budjetdan tegishli mablagʻlar ajratilgan boʻlib, qolgan hududlarda bunday mablagʻlar ajratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbarlariga nisbatan 2024-yilda 3,4 mlrd.soʻm va 2025-yilda 6,2 mlrd. soʻm jarima solinganligi mazkur muammoga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek keyingi yillarda sohaga oid 20 dan ortiq qonunchilik hujjati qabul qilingan boʻlsa-da, “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16 yil davomida yangilanmagan. Bu esa yongʻin xavfsizligi sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga toʻsiq boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri B. Kudratxodjayevning “Aholini yongʻinlardan muhofaza qilish, xususan, ijtimoiy soha obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha obyektlarida va uy-joy sektorida yongʻin, is gazi va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq hodisalarning oldini olish yoʻnalishida hamda boshqa yoʻnalishlarda profilaktika ishlarini, jumladan targʻibot va tushuntirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktika ishlarini tashkil etish, shu jumladan xavfsizlik madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni har bir mahalla, har bir koʻcha hamda xonadonni qamrab olgan holda tizimli va samarali ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga ijtimoiy soha obyektlaridagi yongʻin xavfsizligi taʼminoti uchun mahalliy budjetdan zarur mablagʻlar ajratish yuzasidan takliflar kiritilishini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasini mustahkamlash mexanizmini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarida korrupsiyaning oldini olish, shuningdek litsenziya yoki ruxsatnoma olish, tekshiruv va nazorat jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash, xizmat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash, raqamlashtirish hamda kadrlarning bilim va koʻnikmalarini muttasil ravishda oshirish ishlarini davom ettirish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mahalliy budjetni shakllantirish jarayonida ijtimoiy soha obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar ushbu vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan inobatga olinishi hamda mahalliy budjet mablagʻlari maqsadli ravishda va oʻz vaqtida ajratilishi, ulardan samarali foydalanilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi yongʻin xavfsizligi sohasida, xususan, ijtimoiy soha obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1556-V-son