22.12.2025 yildagi 1578-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 22.12.2025 yildagi 1578-V-son
Kuchga kirish sanasi
22.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga hamda qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, qonunlarning ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida qoʻmita 10 ta qonun loyihasiga, shu jumladan 2 ta birlashgan qonun loyihasiga masʼul boʻlib, ularning 8 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va nazorat-tahlil tadbirlari yakunlaridan, saylovchilar bilan uchrashuvlarda koʻtarilgan dolzarb masalalardan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Qoʻmita aʼzolari tomonidan jami 9 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlarning ijro etilish holatini oʻrganish, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish, Qonunchilik palatasining va Qoʻmitaning qarorlari ijrosini monitoring qilish yuzasidan jami 16 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat-tahlil tadbirlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida deputatlar korpusiga tavsiya etilgan masalalarga, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining hamda Qoʻmitaning taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovning “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti Qonunchilik palatasi majlisida eshitildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita tashabbusi bilan davlat organlarining mansabdor shaxslariga 3 ta parlament soʻrovi, Qoʻmita aʼzolari tomonidan 21 ta deputat soʻrovi yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 197 ta murojaatni belgilangan tartibda koʻrib chiqqan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmita faoliyatiga doir jami 25 ta tadbir, shu jumladan 11 ta davra suhbati, 10 ta seminar, 3 ta konferensiya hamda 1 ta brifing oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita huzurida Jamoatchilik kengashi shakllantirilib, mazkur jamoatchilik kengashi aʼzolarining Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalari muhokamasiga bagʻishlangan ishchi guruh yigʻilishlarida muntazam ishtirok etishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 2 952 marotaba chiqish qilingan hamda qonun ijodkorligiga va Qoʻmita faoliyatiga oid materiallarning muntazam yoritib borilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili uning faoliyatida oʻz yechimini kutayotgan ayrim masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, qonun tashabbuskorligi borasidagi takliflarni koʻpaytirish, qabul qilingan qonunlar ijrosi boʻyicha nazorat-tahlil tartibida oʻtkaziladigan oʻrganishlarga doir ishlarni yanada kengaytirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tashabbusi bilan oʻtkazilgan parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosini doimiy ravishda monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolarini qonun loyihalarini ishlab chiqishga va nazorat-tahlil tadbirlariga kengroq jalb qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek fuqarolar tomonidan qonun loyihalari boʻyicha berilayotgan takliflarni bevosita ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama qilish, joylarda fuqarolar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda koʻrib chiqish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqishda va Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarini maromiga yetkazishda jamoatchilikning, shu jumladan qoʻmita huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolarining takliflarini, fikr-mulohazalarini inobatga olish, nazorat-tahlil tadbirlariga ekspertlarni kengroq jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari mansabdor shaxslarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitib borish amaliyotini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillari bilan hamkorlikda qonun loyihalari boʻyicha tizimli ravishda davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazib borish amaliyotini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmita nomiga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1578-V-son