22.12.2025 yildagi 1576-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 22.12.2025 yildagi 1576-V-son
Kuchga kirish sanasi
22.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2024-yil 18 — 20-noyabrda boʻlib oʻtgan majlislaridagi nutqlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining harakatlar dasturida va Qoʻmitaning 2025-yilga moʻljallangan ish rejasida, shuningdek davlat dasturlarida belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga Qoʻmita tomonidan alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita qonun ijodkorligi yoʻnalishida samarali faoliyat olib borgan. Qoʻmita masʼul boʻlgan 12 ta qonun loyihasidan 11 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qancha sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi taʼsirchan huquqiy mexanizmlarni yaratishga, xususan, transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga, isteʼmolchilarning huquqlari himoyasini kuchaytirishga, sifatsiz mahsulotlarni bozordan chiqarish jarayonida tadbirkorlar ishtirokini ragʻbatlantirishga, rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish jarayonlari va tartibini takomillashtirishga, shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy poydevorini yaratishga, pulli avtomobil yoʻllari tarmogʻini barpo etishga doir huquqiy asoslarni mustahkamlashga, aholining ayrim toifalariga shahar yoʻlovchi transportidan foydalanishda imtiyozlar berishga qaratilgan va boshqa bir qator qonunlar Qoʻmita masʼulligida qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan maromiga yetkazilgan hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yaxlit qonunlarning ulushi sezilarli oshgan. “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi va “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari saylovchilarning manfaatlarini himoya qilishga va tegishli sohalarni rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihalari hamda takliflar ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 20 marotaba nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Ularning 16 tasi davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga, 4 tasi qonunlar va qonunosti hujjatlarining ijro etilish holatini oʻrganishga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda oʻrganilgan. Shuningdek Qoʻmita tomonidan qurilish sohasida shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalari oʻrganilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holati oʻrganilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning oʻrganishlar yakuni boʻyicha bergan taklif va tavsiyalari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan bir qancha qonun loyihalarida inobatga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmita tashabbusi bilan davlat organlarining mansabdor shaxslariga 3 ta parlament soʻrovi, Qoʻmita aʼzolari tomonidan 21 ta deputat soʻrovi yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi” ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masalaga bagʻishlab Qoʻmita masʼulligida “hukumat soati” oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining “Energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot muassasalari va sohaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida jami 8 ta hamkorlik memorandumi tuzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek qonun loyihalarining muhokamalariga bagʻishlanib 99 ta ishchi guruh yigʻilishi, 10 ta davra suhbati, 5 ta seminar hamda 1 ta konferensiya tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganishga hamda hal etishga alohida eʼtibor qaratib, 800 dan ortiq murojaatni belgilangan tartibda koʻrib chiqqan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda tadbirkorlarning muammolarini oʻz vaqtida hal etish maqsadida ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish choralari koʻrilgan. Qoʻmita rieltorlar, qurilish va transport sohasidagi tadbirkorlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazgan. Shu bilan birga mavjud muammolarni va takliflarni tizimli ravishda oʻrganish, tadbirkorlarni huquqiy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular bilan doimiy muloqot yoʻlga qoʻyilgan. Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 200 nafardan ortiq tadbirkor bilan oʻnlab uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita huzurida tegishli sohalardagi tadbirkorlar, ekspertlar va malakali mutaxassislardan iborat jamoatchilik kengashi tuzilib, ular bilan birga qonun loyihalarining muhokamasiga bagʻishlangan ishchi guruh yigʻilishlari muntazam ravishda oʻtkazib kelingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida qariyb 2 100 marotaba chiqish qilingan hamda qonun ijodkorligiga va Qoʻmita faoliyatiga oid materiallarning muntazam yoritib borilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi masʼul boʻlgan qonun loyihalarini Qoʻmita huzuridagi jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida muntazam ravishda muhokama qilish hamda keng jamoatchilikning takliflari hamda fikr-mulohazalarini inobatga olish, nazorat-tahlil tadbirlariga soha mutaxassislarini va ekspertlarni keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati doirasida taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish va nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning natijadorligini doimiy ravishda monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturlarining hamda oʻz faoliyati yoʻnalishlariga oid masalalar yuzasidan boshqa dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish, murojaatlarda koʻtarilayotgan masalalarni har tomonlama tahlil qilib, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish hamda ularga samarali yechim topish borasida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan fuqarolar tomonidan kelib tushgan takliflarni ularning ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1576-V-son