11.12.2025 yildagi 1528-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 11.12.2025 yildagi 1528-V-son
Kuchga kirish sanasi
11.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturining ijrosi, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga muvofiqlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturining ijrosi, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga muvofiqlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi” doirasida suv resurslaridan samarali foydalanishni va suv xoʻjaligi obyektlari muhofazasini taʼminlash, suv yetkazib berish obyektlarini modernizatsiya qilish hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2020 — 2024-yillarda suvdan samarali foydalanishni taʼminlash va suv yetkazib berilishini kengaytirish maqsadida sohaga 60 trillion soʻm miqdorda budjet mablagʻlari hamda 622 million dollar miqdorda xorijiy investitsiyalar yoʻnaltirildi. Natijada 2025-yilga kelib jami sugʻoriladigan maydonlarning qariyb 60 foizida suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishiga erishildi. Mazkur ishlarni izchil davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-avgustdagi PQ-250-sonli Qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturi” tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek sohani tartibga soluvchi 1 ta qonundagi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 8 ta farmoni va 14 ta qaroridagi hamda Hukumatning 26 ta qaroridagi normalarni oʻzida mujassamlashtirgan yaxlit normativ-huquqiy hujjat — Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksida aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ekologik tizimlarni suv bilan barqaror taʼminlash, suvlarni oqilona boshqarish va muhofaza qilish, suvga doir munosabatlar sohasidagi iqtisodiy mexanizmlarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hamda sohada davlatlararo hamkorlikni taʼminlash kabi muhim masalalar belgilab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturida belgilangan vazifalar va topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilda daryolar va soylarda 4 ta gidrologik post qurish hamda ularni avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash ishlari olib borildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarida oʻtgan davr mobaynida 564,9 km uzunlikdagi kanallarni, 26,9 km uzunlikdagi lotok tarmoqlarini, 32 ta gidrotexnika inshootini, jami 47,2 m3/sek. suv chiqarish quvvatiga ega boʻlgan nasos stansiyalarini, 3,9 km uzunlikdagi bosimli quvurlarni, 45,8 km uzunlikdagi yopiq sugʻorish quvurlarini, 12,7 km uzunlikdagi dambalarni hamda 45 ta sugʻorish qudugʻini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek hisobot davrida melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha 197,3 km uzunlikdagi ochiq va 100,02 km uzunlikdagi yopiq gorizontal kollektor-drenaj tarmoqlarida, 19 ta gidrotexnika inshootida hamda 46 ta kuzatuv qudugʻida onlayn monitoring qurilmalarini oʻrnatish ishlari olib borildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari 4 944 km uzunlikdagi kanallarni tozalash, 5 264 ta gidrotexnika inshootini va 5 091 ta gidropostni taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, nasos stansiyalarining samaradorligini oshirish maqsadida dastur doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 157 ta nasos agregati hamda 166 ta elektrodvigatel yangisiga almashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sohada energiyadan samarali foydalanish va samaradorlikni oshirish maqsadida nasos stansiyalariga 165 ta kondensator, 135 ta chastota oʻzgartiruvchi qurilma, 752 kilovatt-soat quvvatiga ega boʻlgan quyosh panellari hamda 27 ta quyosh suv isitkichi oʻrnatildi. Natijada joriy yilda nasos stansiyalarini va tik quduqlar uchun tasdiqlangan limitdan koʻra 197,8 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi kamroq ishlatilib, salmoqli miqdordagi elektr energiyasining tejalishiga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga tahlillar sohada hali oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda. Jumladan, suv omborlarida, sel-suv omborlarida va boshqa yirik gidrotexnika inshootlarida nazorat-oʻlchash uskunalarini hamda xabar berish va maʼlumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish, tiklash va yangilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar toʻliq bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, shu jumladan suvdan foydalanishda va suv isteʼmoli hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda raqamli suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni jadallashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv resurslarini boshqarishning hozirgi davr talablariga javob beradigan kadrlarni sohaga jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar ulushini oshirish ishlari yetarli darajada olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish ishlarini ragʻbatlantirish uchun subsidiyalar ajratish shaffofligini taʼminlash, suvni tejashda qoʻllaniladigan texnologiyalar sifatini yaxshilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari suv xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlarini oʻz vaqtida, aniq yoʻnaltirilgan holda oʻzlashtirish choralarini koʻrish, shuningdek sohada asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishish borasida ham bajarilishi zarur boʻlgan vazifalar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaxlit huquqiy tizimni yaratishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat — Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan uning ijrosini samarali yoʻlga qoʻyish uchun qonunosti hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish choralarini koʻrish zarur. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan suv olish tartibini buzganlik uchun qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiyalar summalarining miqdori hamda qonunosti hujjatlarda ushbu qoidabuzarlik uchun belgilangan sanksiyalar summalarining miqdori turlicha boʻlib, mazkur nomuvofiqlikni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturining ijrosi, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga muvofiqlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tasarrufidagi gidrotexnika inshootlarida nazorat-oʻlchash uskunalarini hamda xabar berish va maʼlumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish, tiklash va yangilash ishlarini belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni kengaytirish, raqamli suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatish ishlarini tezlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi kadrlar salohiyatini yuksaltirish, shu jumladan oliy maʼlumotli suv xoʻjaligi xodimlari ulushini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish uchun subsidiyalar ajratish shaffofligini taʼminlash va qoʻllanilayotgan texnologiyalar sifatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish hamda sohadagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga suv xoʻjaligi sohasiga oid qonunosti hujjatlaridagi normalarni Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi normalariga muvofiqlashtirish borasidagi ishlarni tezlashtirish va yakuniga yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi suv xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar va dasturlar ijrosining sifatli taʼminlanishi, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1528-V-son