Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 10.03.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1017
Kuchga kirish sanasi
20.03.2001
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Joriy versiya | Hujjat 30.07.2021 sanasi holatiga |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRIning | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRIning |
buyrugʻi | buyrugʻi |
“Auditorlik tashkilotlarining kasbiga doir xizmatlari” Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (90-son AFMS)ni tasdiqlash toʻgʻrisida | “Auditorlik tashkilotlarining kasbiga doir xizmatlari” Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (90-son AFMS)ni tasdiqlash toʻgʻrisida |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 10-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1017] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 10-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1017] |
Moliya vaziri M. NURMURATOV | Moliya vaziri M. NURMURATOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2001-yil 14-fevral, | 2001-yil 14-fevral, |
19-son | 19-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2001-yil 14-fevralda 19-son buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN” | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2001-yil 14-fevralda 19-son buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN” |
90-sonli AFMS “Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari” | 90-sonli AFMS “Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari” |
Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti | Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti |
Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining rolini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi. | Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining rolini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi. |
1-§. UMUMIY QOIDALAR | 1-§. UMUMIY QOIDALAR |
1. Mazkur Milliy standartning maqsadi boʻlib: | 1. Mazkur Milliy standartning maqsadi boʻlib: |
auditorlik tashkilotlari koʻrsatadigan professional xizmatlar roʻyxatini; | auditorlik tashkilotlari koʻrsatadigan professional xizmatlar roʻyxatini; |
professional xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzishda hal etiladigan maxsus oʻziga xos masalalarni; | professional xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzishda hal etiladigan maxsus oʻziga xos masalalarni; |
professional xizmatlarni koʻrsatish natijalari toʻgʻrisida auditor hisobotining mazmunini aniqlashdan iborat. | professional xizmatlarni koʻrsatish natijalari toʻgʻrisida auditor hisobotining mazmunini aniqlashdan iborat. |
2. Mazkur standart talablari professional xizmatlar koʻrsatishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. | 2. Mazkur standart talablari professional xizmatlar koʻrsatishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. |
3. Auditorlik tashkiloti oʻz faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida va mazkur standart bilan belgilangan har qanday professional xizmatlarni koʻrsatishga haqlidir. | 3. Auditorlik tashkiloti oʻz faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida va mazkur standart bilan belgilangan har qanday professional xizmatlarni koʻrsatishga haqlidir. |
2-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR KOʻRSATISh TARTIBI | 2-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR KOʻRSATISh TARTIBI |
4. Professional xizmatlar auditorlik tashkiloti bilan ushbu xizmatlar buyurtmachisi oʻrtasida tuziladigan professional xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi. | 4. Professional xizmatlar auditorlik tashkiloti bilan ushbu xizmatlar buyurtmachisi oʻrtasida tuziladigan professional xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi. |
Auditor shartnomani bajarayotganda auditor bilan xoʻjalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) va zarurat boʻlganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan tartib-taomillarni (amallarni) oʻtkazadi va koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisida asoslangan xulosalar bilan hisobot taqdim etadi. | Auditor shartnomani bajarayotganda auditor bilan xoʻjalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) va zarurat boʻlganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan tartib-taomillarni (amallarni) oʻtkazadi va koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisida asoslangan xulosalar bilan hisobot taqdim etadi. |
5. Auditor koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. | 5. Auditor koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. |
6. Xoʻjalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari boʻyicha oʻz xulosalarini chiqarishga haqlidir. | 6. Xoʻjalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari boʻyicha oʻz xulosalarini chiqarishga haqlidir. |
7. Hisobot, professional xizmatlar koʻrsatish shartnomasining shartlariga muvofiq hajmda va muddatlarda professional xizmatlar buyurtmachisiga taqdim etiladi. | 7. Hisobot, professional xizmatlar koʻrsatish shartnomasining shartlariga muvofiq hajmda va muddatlarda professional xizmatlar buyurtmachisiga taqdim etiladi. |
3-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR ROʻYXATI | 3-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR ROʻYXATI |
8. Auditorlik tashkiloti quyidagi professional xizmatlarni koʻrsatishi mumkin: | 8. Auditorlik tashkiloti quyidagi professional xizmatlarni koʻrsatishi mumkin: |
a) buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, qayta tiklash va yuritish: | a) buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, qayta tiklash va yuritish: |
boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish; | boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish; |
moliyaviy hisobni tashkil etish, qayta tiklash va yuritish; | moliyaviy hisobni tashkil etish, qayta tiklash va yuritish; |
buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish (kompyuterlashtirish); | buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish (kompyuterlashtirish); |
buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, qayta tiklash va yuritish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar; | buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, qayta tiklash va yuritish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar; |
b) moliyaviy hisobotni tuzish; | b) moliyaviy hisobotni tuzish; |
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga oʻtkazish; | v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga oʻtkazish; |
g) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish: | g) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish: |
moliyaviy holatni tahlil qilish; | moliyaviy holatni tahlil qilish; |
likvidlilikni tahlil qilish; | likvidlilikni tahlil qilish; |
toʻlov qobiliyatini tahlil qilish; | toʻlov qobiliyatini tahlil qilish; |
moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar; | moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar; |
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xoʻjalik faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha konsalting xizmati: | d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xoʻjalik faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha konsalting xizmati: |
texnik-iqtisodiy asoslanmalarni (TIA) tayyorlash, investitsiya loyihalarini va biznes-rejalarni ishlab chiqish va baholash; | texnik-iqtisodiy asoslanmalarni (TIA) tayyorlash, investitsiya loyihalarini va biznes-rejalarni ishlab chiqish va baholash; |
buxgalteriya hisobi va soliq solish masalalari boʻyicha maslahatlar; | buxgalteriya hisobi va soliq solish masalalari boʻyicha maslahatlar; |
moliyaviy menejment boʻyicha maslahatlar; | moliyaviy menejment boʻyicha maslahatlar; |
arketing tadqiqotlarini oʻtkazish; | arketing tadqiqotlarini oʻtkazish; |
unumdorlik va samaradorlikni baholash maqsadlarida xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining tartib-taomillari va uslublarini tahlil qilish; | unumdorlik va samaradorlikni baholash maqsadlarida xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining tartib-taomillari va uslublarini tahlil qilish; |
moliya-xoʻjalik faoliyati sohasidagi boshqa konsalting xizmatlari; | moliya-xoʻjalik faoliyati sohasidagi boshqa konsalting xizmatlari; |
e) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish: | e) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish: |
soliq hisobini tashkil etish va yuritish; | soliq hisobini tashkil etish va yuritish; |
soliq organlarining tekshiruv dalolatnomalari boʻyicha eʼtirozlar tayyorlash; | soliq organlarining tekshiruv dalolatnomalari boʻyicha eʼtirozlar tayyorlash; |
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish; | soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish; |
soliq hisobi va soliq solish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar; | soliq hisobi va soliq solish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar; |
g) boshqa xizmatlar: | g) boshqa xizmatlar: |
auditorlik faoliyati bilan bogʻliq sohada tadqiqotlar, seminarlar, konferensiyalar, izlanishlar oʻtkazish va ularning natijalarini, shu jumladan bosma koʻrinishda, tarqatish; | auditorlik faoliyati bilan bogʻliq sohada tadqiqotlar, seminarlar, konferensiyalar, izlanishlar oʻtkazish va ularning natijalarini, shu jumladan bosma koʻrinishda, tarqatish; |
buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xoʻjalik faoliyati tahlili va soliq solish boʻyicha belgilangan tartibda oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash. | buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xoʻjalik faoliyati tahlili va soliq solish boʻyicha belgilangan tartibda oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash. |
4-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR KOʻRSATISh ShARTNOMASINI BAJARIShNING UMUMIY PRINSIPLARI | 4-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR KOʻRSATISh ShARTNOMASINI BAJARIShNING UMUMIY PRINSIPLARI |
9. Professional xizmatlar koʻrsatishda auditor amaldagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilishi lozim. | 9. Professional xizmatlar koʻrsatishda auditor amaldagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilishi lozim. |
5-§. ShARTNOMA TUZILAYOTGANDA HAL QILINADIGAN MASALALAR | 5-§. ShARTNOMA TUZILAYOTGANDA HAL QILINADIGAN MASALALAR |
10. Professional xizmatlar koʻrsatish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi va tuziladi. | 10. Professional xizmatlar koʻrsatish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi va tuziladi. |
11. Auditorlik tashkiloti shartnomada quyidagi masalalarni ham aks ettirishi lozim: | 11. Auditorlik tashkiloti shartnomada quyidagi masalalarni ham aks ettirishi lozim: |
professional xizmatlar qamrab olinadigan moliyaviy axborotlar hajmi va hisobot davrlari; | professional xizmatlar qamrab olinadigan moliyaviy axborotlar hajmi va hisobot davrlari; |
shartnomada belgilangan predmet boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar natijalari toʻgʻrisida hisobot tuzish uchun zarur boʻlgan dalillarni olish maqsadida bajariladigan tartib-taomillar; | shartnomada belgilangan predmet boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar natijalari toʻgʻrisida hisobot tuzish uchun zarur boʻlgan dalillarni olish maqsadida bajariladigan tartib-taomillar; |
professional xizmatlar koʻrsatish jarayonida erishilgan natijalarni rasmiylashtirish tartibi, roʻyxati va shakllari; | professional xizmatlar koʻrsatish jarayonida erishilgan natijalarni rasmiylashtirish tartibi, roʻyxati va shakllari; |
hisobotni tarqatishga doir cheklovlar. | hisobotni tarqatishga doir cheklovlar. |
6-§. TARTIB-TAOMILLAR VA DALILLAR | 6-§. TARTIB-TAOMILLAR VA DALILLAR |
12. Professional xizmatlar koʻrsatish shartnomasida kelishilgan tartib-taomillar miqdori va hajmi koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish uchun zarur miqdordagi dalillarni olish uchun yetarli boʻlishi kerak. | 12. Professional xizmatlar koʻrsatish shartnomasida kelishilgan tartib-taomillar miqdori va hajmi koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish uchun zarur miqdordagi dalillarni olish uchun yetarli boʻlishi kerak. |
13. Kelishilgan tartib-taomillar oʻz ichiga quyidagilarni olishi mumkin: | 13. Kelishilgan tartib-taomillar oʻz ichiga quyidagilarni olishi mumkin: |
soʻrovnoma va tahlil; | soʻrovnoma va tahlil; |
takroriy sanash, qiyoslash va boshqa matematik hamda tahliliy usullar; | takroriy sanash, qiyoslash va boshqa matematik hamda tahliliy usullar; |
kuzatuv; | kuzatuv; |
inventarizatsiyalash; | inventarizatsiyalash; |
isbot-dalillarni olish; | isbot-dalillarni olish; |
maʼlumotnoma va tavsiyanomalar taqdim etish. | maʼlumotnoma va tavsiyanomalar taqdim etish. |
7-§. PROFESSIONAL XIZMATLARNI KOʻRSATISh NATIJALARI TOʻGʻRISIDA HISOBOT | 7-§. PROFESSIONAL XIZMATLARNI KOʻRSATISh NATIJALARI TOʻGʻRISIDA HISOBOT |
14. Professional xizmatlarni koʻrsatish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: | 14. Professional xizmatlarni koʻrsatish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: |
a) hisobot nomi; | a) hisobot nomi; |
b) xoʻjalik yurituvchi subyektning (buyurtmachining) nomi va manzili; | b) xoʻjalik yurituvchi subyektning (buyurtmachining) nomi va manzili; |
v) auditorlik tashkilotining nomi va manzili; | v) auditorlik tashkilotining nomi va manzili; |
g) shartnoma raqami va sanasiga koʻrsatma; | g) shartnoma raqami va sanasiga koʻrsatma; |
d) tartib-taomillar standartlarga (aynan qaysilariga) muvofiq bajarilganligiga koʻrsatma; | d) tartib-taomillar standartlarga (aynan qaysilariga) muvofiq bajarilganligiga koʻrsatma; |
e) kelishilgan tartib-taomillarni bajarishdan maqsad; | e) kelishilgan tartib-taomillarni bajarishdan maqsad; |
j) aniq bajarilgan tartib-taomillar roʻyxati; | j) aniq bajarilgan tartib-taomillar roʻyxati; |
z) tartib-taomillar natijalarining bayoni; | z) tartib-taomillar natijalarining bayoni; |
i) hisobot faqat moliyaviy axborotning muayyan elementlariga, moddalariga taalluqli ekanligiga va u xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmasligiga (imkoni boʻlgan joylarda) koʻrsatma; | i) hisobot faqat moliyaviy axborotning muayyan elementlariga, moddalariga taalluqli ekanligiga va u xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmasligiga (imkoni boʻlgan joylarda) koʻrsatma; |
k) hisobot tuzilgan sana; | k) hisobot tuzilgan sana; |
l) professional xizmatlar koʻrsatgan mutaxassisning (auditorning) familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi (har bir sahifada). | l) professional xizmatlar koʻrsatgan mutaxassisning (auditorning) familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi (har bir sahifada). |
15. Xoʻjalik yurituvchi subyektga (buyurtmachiga) koʻrsatilgan xizmatlar natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi va u auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi. | 15. Xoʻjalik yurituvchi subyektga (buyurtmachiga) koʻrsatilgan xizmatlar natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi va u auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi. |
8-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR UChUN JAVOBGARLIK | 8-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR UChUN JAVOBGARLIK |
16. Professional xizmatlarni sifatsiz koʻrsatganligi uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. | 16. Professional xizmatlarni sifatsiz koʻrsatganligi uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. |
17. Koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda berilgan axborotlar maxfiy hisoblanadi. Buyurtmachining roziligisiz ushbu axborotlarni eʼlon qilgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. | 17. Koʻrsatilgan professional xizmatlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda berilgan axborotlar maxfiy hisoblanadi. Buyurtmachining roziligisiz ushbu axborotlarni eʼlon qilgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. |