O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 21-fevralda ma’qullangan
Senat tomonidan 2025-yil 21-fevralda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda mahkumlarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali mahkumlarning huquqlarini yanada kengaytirish, jinoyat-ijroiya qonunchiligini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish zarurati mavjud.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning yaqin qarindoshlari bilan masofadan turib video-uchrashuvlar o‘tkazishi uchun imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 818, 823, 828-moddalar) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 54-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega”;
2) 55-moddaning ikkinchi qismidagi “yo‘qlov va banderollar olish” degan so‘zlar “yo‘qlov va banderollar olish, masofali video-uchrashuv yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 77-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77-modda. Mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali so‘zlashuvlari
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga ularning ixtiyoriga ko‘ra masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali so‘zlashuvlar huquqi beriladi.
Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali so‘zlashuvlari muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi.
Masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali so‘zlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga ko‘ra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelganidan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qo‘shimcha ravishda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Intizomiy bo‘linmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali o‘zaro so‘zlashuvlari taqiqlanadi.
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvlarga yoki telefon orqali so‘zlashuvlarga ruxsat etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
4) 87-moddaning to‘qqizinchi qismidagi “telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashishga” degan so‘zlar “qo‘shimcha masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 102-modda:
ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi “qo‘shimcha uchrashuv yoki” degan so‘zlardan keyin “masofali video-uchrashuv yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “bir marta telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar “bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “bir marta telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar “bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi “uchrashuv” degan so‘zdan keyin “masofali video-uchrashuv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismi “uchrashuv” degan so‘zdan keyin “masofali video-uchrashuv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 114-moddaning ikkinchi qismidagi “yigirma to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuvlar” degan so‘zlar “yigirma to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv va yigirma to‘rt marta masofali video-uchrashuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 117-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘n ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv”;
9) 119-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sakkiz marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv”;
10) 121-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“olti marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv”;
11) 123-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“to‘rt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv”;
12) 125-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yigirma to‘rt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv”;
13) 137-moddaning:
ikkinchi qismidagi “bir marta telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar “bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ikki marta telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar “ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “uch marta telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar “uch marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 139-moddaning birinchi qismi “uchrashish yoki” degan so‘zlardan keyin “masofali video-uchrashuv yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
O‘RQ-1112-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 03/26/1112/0045-son)