28.07.2005 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
URGANCH SHAHRIDAGI HARBIY KASBLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TASARRUFIGA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan ozodligi va yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ularni harbiy kasblarga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Urganch shahridagi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni bevosita O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev) Urganch shahridagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni belgilangan tartibda o‘z tasarrufiga qabul qilib olsin va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududidagi harbiy kasblarga yo‘naltirilgan tayanch muassasaga aylantirish va uning nufuzini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur ta’lim muassasasining xarajatlarini qoplash uchun 2005-yilgi respublika budjeti va Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 229-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda)