19.02.1992 yildagi PF-346-son
Joriy versiya
Hujjat 30.04.2021 sanasi holatiga
Norasmiy tarjima
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Farmoni
Harbiy va maxsus unvonlarni berish tartibi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy taʼlim muassasalari toʻgʻrisida” 1992-yil 14-yanvardagi qaroriga muvofiq:

1. Oliy Kengash tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlari va qoʻshinlarida harbiy va maxsus unvonlar berish tartibi belgilagunga qadar sobiq SSSR Qurolli Kuchlari, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qoʻmitasida mavjud boʻlgan harbiy va maxsus unvonlar saqlab qolinsin.

2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining boʻlinmalari, organlari va qoʻshinlarida ofitserlar tarkibiga polkovnik va ungacha boʻlgan harbiy va maxsus unvonlar berish tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi boshligʻi tomonidan, oliy ofitserlar tarkibiga esa general-mayor va undan yuqori harbiy unvonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
1992-yil 19-fevral,
1992-yil 19-fevral,
PF-346-son
PF-346-son