Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.12.2025 yildagi PF-257-son
Kuchga kirish sanasi
24.12.2025
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI 2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida Fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida qaror qilaman: 1. Quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin: (a) 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar) 31-dekabr — chorshanba; (b) 2026-yilda: (i) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2-yanvar — juma, 28-may — payshanba, 29-may — juma, 31-avgust — dushanba; (ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar — shanba, 30-may — shanba, 31-dekabr — payshanba. 2. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq: (a) ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami 2026-yilda yakshanba — dam olish kuniga va 21-mart — Navroʻz bayrami hamda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026-yil 9-mart, 23-mart va 11-may — dushanba kunlariga koʻchirilishi; (b) ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. 3. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026-yilda 12-dekabr — shanba kunidan 31-dekabr — payshanba kuniga koʻchirilsin. 4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda respublika aholisining maroqli dam olishi uchun: (a) Turizm qoʻmitasi va Madaniy meros agentligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkil etsin; (b) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin; (v) “Uzbekistan Airways” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin. 5. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga: (a) mehnat jamoalari oʻrtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish; (b) uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila aʼzolari maroqli dam olishini taʼminlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin. 6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholining keng xabardor qilinishini taʼminlasin. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PQ-452-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 8. Belgilansinki, ushbu Farmon 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotadi. 9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2025-yil 24-dekabr, PF-257-son (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 06/25/257/1206-son) |
УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2026 году В целях создания условий для полноценного отдыха граждан в период празднования официальных дат, обеспечения эффективного использования выходных и праздничных дней для дальнейшего развития внутреннего и паломнического туризма в рамках Программы развития внутреннего туризма «Узбекистон буйлаб саёхат кил!» постановляю: 1. Установить дополнительные нерабочие дни: (а) в 2025 году — для всех работников (независимо от видов рабочей недели): среду 31 декабря; (б) в 2026 году: (i) для всех работников (независимо от видов рабочей недели): пятницу 2 января, четверг 28 мая, пятницу 29 мая, понедельник 31 августа; (ii) для работников при шестидневной рабочей неделе: субботу 3 января, субботу 30 мая, четверг 31 декабря. 2. Принять к сведению, что в соответствии со статьей 208 Трудового кодекса: (а) в связи с совпадением в 2026 году считающихся праздничными нерабочими днями праздника «8 Марта — День женщин» с воскресеньем — выходным днем, а также праздников «21 марта — праздник «Навруз» и «9 Мая — День памяти и почестей» с субботой — выходным днем для работников при пятидневной рабочей неделе данные выходные дни будут перенесены на понедельник 9 марта, 23 марта и 11 мая 2026 года соответственно; (б) при выполнении в праздничные нерабочие дни работ, приостановка которых невозможна по производственно-техническим и организационным условиям (непрерывно действующее производство, ежедневное обслуживание населения, работа вахтовым методом и другие), перенос выходных дней не производится. 3. Перенести в 2026 году для работников при пятидневной рабочей неделе выходные дни с субботы 12 декабря на четверг 31 декабря. 4. С учетом продления праздничных (нерабочих) дней для активного отдыха населения республики: (а) Комитету по туризму и Агентству культурного наследия организовать проведение акций и предоставление скидок на посещение туристических демонстрационных объектов (объекты культурного наследия, музеи) и гостиничные услуги; (б) Федерации профсоюзов Узбекистана совместно с Министерством здравоохранения, Советом Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятами областей и города Ташкента рекомендовать проведение акций и предоставление скидок для санаториев и оздоровительных учреждений; (в) АО «Uzbekistan Airways» и АО «Узбекистон темир йуллари» рекомендовать предоставление скидок и проведение акций на внутренние транспортные перевозки. 5. Рекомендовать Федерации профсоюзов Узбекистана: (а) организацию в трудовых коллективах разъяснительной работы о целях, сути и содержании настоящего Указа; (б) активизацию работы профсоюзных организаций по обеспечению активного отдыха работников и членов их семей в продленные праздничные дни. 6. Национальной телерадиокомпании Узбекистана совместно с Национальным информационным агентством Узбекистана обеспечить широкое информирование населения о мероприятиях, проводимых в праздничные дни, через средства массовой информации, в частности всемирную сеть Интернет. 7. Признать утратившим силу постановление Президента Республики Узбекистан от 24 декабря 2024 года № ПП-452 «Об установлении дополнительного нерабочего дня и переносе выходного дня в период празднования Нового года». 8. Установить, что настоящий Указ утратит свою силу с 1 января 2027 года. 9. Контроль за исполнением настоящего Указа возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 24 декабря 2025 г., № УП-257 (Национальная база данных законодательства, 24.12.2025 г., № 06/25/257/1206) |