15.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3725
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 15.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3725
Kuchga kirish sanasi
16.12.2025
Hujjat 16.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3725]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandiga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-son “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandiga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoniga muvofiq tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tumanlar (shaharlar)dagi barcha tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini bemorlarga tayinlashda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha (mavjud boʻlsa) elektron retsept rasmiylashtiriladi (bundan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan bogʻliq jarayonlar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarning mavjud axborot tizimlarini Sogʻliqni saqlash vazirligining Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga va axborot tizimiga ulash yoki ularning soʻroviga asosan ularda vazirlikning “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi modullari bepul oʻrnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga ulanish uchun zarur moddiy-texnik bazaga, barqaror Internet va elektr tarmogʻiga ega boʻlishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi va “Elektron retsept” moduliga integratsiya qilinmagan mazkur bandda keltirilgan tibbiyot tashkilotlarida elektron retsept bilan beriladigan dori vositalarini bemorlarga tayinlashda Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3277, 2020-yil 1-iyul) 1-ilovasiga muvofiq qogʻoz shakldagi retseptlarni rasmiylashtirishga 2026-yil 1-martga qadar ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 1-iyuldagi 121-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3277, 2020-yil 1-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 10/20/3277/1022-son) bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovadagi “retsept blankasi shakli” mazkur buyruqning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 15-dekabrdagi 25-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjat Toshkent shahri hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-son “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)lardagi barcha tibbiyot tashkilotlarida (bundan buyon matnda tibbiyot tashkilotlari deb yuritiladi) “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dorixona — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek, ularni tayyorlash uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklida tashkil etilgan dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retsept — shifokorning farmatsevt maʼlumotiga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanish usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron retsept — shifokorning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (xalqaro patentlanmagan yoki original nomi, tayyorlash, kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi) elektron shaklda qayd etilgan va tasdiqlangan koʻrsatmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron retsept” moduli — elektron retsept bilan bogʻliq barcha jarayonlar (harakatlar)ni jamlash, maʼlumot almashish, tegishli hisobotlarni shakllantirish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi axborot dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorning qonuniy vakili — bemorning oila aʼzosi yoki bemorga vasiylik yoki homiylik qilishga tayinlangan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro kasalliklar tasnifi — kasalliklar va sogʻliq bilan bogʻliq boshqa muammolarning xalqaro statistik tasnifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bemorlarga tayinlangan dori vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (xalqaro patentlanmagan yoki original dori nomi, kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi) elektron retseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektron retsept bilan beriladigan dori vositalari bevosita bemor yoki uning vakiliga “Elektron retsept” moduli bilan oʻrnatilgan tartibda tibbiyot tashkiloti bilan maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan dorixonalar orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Retsept bilan beriladigan dori vositalarini retsept asosida tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektron retseptga oʻtkaziladigan dori vositalarining guruhlarini shakllantirish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yetakchi shifokorlari, soha ekspertlari va bosh mutaxassislardan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Ekspertlar kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yigʻilishlari har oyda bir marta (zaruriyatga koʻra, haftasiga bir marta) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kengash tomonidan dori vositalarining tibbiy ahamiyati, ijtimoiy xavfi, suiisteʼmol qilish ehtimoli hamda amaliyotdagi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich elektron retsept orqali beriladigan dori vositalari guruhlari shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlashning birinchi bosqichida quyidagi dori vositalari elektron retsept asosida belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
antibiotiklar va tizimli taʼsir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli taʼsir etuvchi gormonal dori vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash keyingi bosqichlarda Kengash tomonidan shakllantirilgan elektron retseptga oʻtkaziladigan dori vositalari guruhlari boʻyicha joriy etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, elektron retseptga oʻtkaziladigan dori vositalari guruhlari, elektron retsept tizimini joriy etish bosqichlari va ularni amalga oshirish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi va barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron retsept tizimini joriy etish jarayonida aholi va tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot manbalari orqali tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bemorlarga birinchi bosqich doirasida elektron retsept orqali berilishi nazarda tutilgan dori vositalari buyurilgan taqdirda, ushbu dori vositalari ularga elektron retsept orqali tayinlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron retsept yoki qogʻoz retsept asosida beriladigan dori vositalari bir vaqtning oʻzida tayinlangan taqdirda, ularning barchasini elektron retsept orqali rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bemorni davolash davomida uning ehtiyoji mavjud boʻlgan, biroq tibbiyot tashkilotida mavjud boʻlmagan dori vositalariga shifokor tomonidan retsept rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dorixona provizori dori vositasini bemor yoki uning vakiliga berishda dastlab “Elektron retsept” moduli orqali ushbu dori vositasi uchun rasmiylashtirilgan elektron retseptning haqiqiyligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dorixona provizori tomonidan dori vositasini berishda elektron retseptning haqiqiyligini tekshirish bemorning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (qogʻoz yoki elektron shakldagi) asosida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) orqali amalga oshiriladi va shuning asosida dori vositasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dori vositasini tayinlash uchun retsept qogʻoz shaklida rasmiylashtirilgan boʻlsa, uning yuqori qismida shifokor tomonidan bemorning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) qayd qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qogʻoz shaklidagi retseptdagi maʼlumotlar dorixona provizori tomonidan “Elektron retsept” moduliga majburiy tartibda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Surunkali kasalligi boʻlgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida, xalqaro kasalliklar tasnifiga kiritilgan kasalliklar boʻyicha qoʻllaniladigan dori vositalariga, shuningdek asosiy farmakologik taʼsiriga koʻra anabolik faollikka ega boʻlgan dori vositalariga retsept berilgan taqdirda, davolovchi shifokor tomonidan mazkur dori vositalarining 60 kunlik davolash kursi uchun, qolgan tayyor dori vositalari uchun 90 kunlik davolash kursi uchun yetarli miqdori, jumladan reimbursatsiya tizimi orqali 30 kunlik miqdori tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, elektron retsept hamda unga tegishli QR-kodning amal qilish muddati tayinlangan davolash kursining muddatiga teng boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga shoshilinch va tez tibbiy yordam koʻrsatish zaruriyati tugʻilganida tez tibbiy yordam xizmati va shoshilinch qabul boʻlimlari tomonidan qonunchilikka muvofiq bepul birinchi tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bemorga kelgusida ambulator tibbiy yordam yoki shifokor nazorati lozim boʻlganda, uning xohishiga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi 384-son “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy- sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tibbiyot brigadasiga (oilaviy poliklinikaga) biriktirish orqali shifokor tomonidan elektron retsept asosida dori vositalari tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tibbiyot tashkilotlarida elektr energiyasi yoki internet tarmogʻidagi uzilishlar, axborot tizimidagi texnik nosozliklar yuzaga kelganda elektron retsept bilan beriladigan dori vositalarini tayinlashda Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3277, 2020-yil 1-iyul) 1-ilovasiga muvofiq qogʻoz shakldagi retseptni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Elektron retsept tizimini joriy etish jarayonida aholi hamda tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi hamda tibbiyot xodimlari va dorixona provizorlari uchun doimiy ravishda oʻquv-seminarlari tashkil etiladi va oʻtkazib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida tashkil qilingan 1003 qisqa raqamli “Call-markaz” orqali yotoq rejimida boʻlgan va surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun quyidagi imkoniyatlar taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari biriktirilgan oilaviy shifokorga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash kursini davom ettirish maqsadida oʻz oilaviy shifokoriga (yoki tor soha mutaxassisiga) masofadan murojaat qilish orqali elektron retsept olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻining holatidan kelib chiqib, tibbiyot xodimlarini chaqirgan holda (patronaj xizmati) tibbiy xizmatdan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu hujjatning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 15-dekabrdagi 25-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retsept blankasining oʻlchami ― 105 x 148 mm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retseptning yirtma koreshogi oʻlchami ― 70 x 148 mm.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3725/1171-son)