20.11.2025 yildagi PQ-350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalari uchun zamonaviy talablarga muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — Butunjahon turizm tashkiloti) shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) faoliyatining maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan taʼlim tashkiloti bilan hamkorlik oʻrnatish va mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025 — 2028-yillarda turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat olib borayotgan 2,8 ming nafar mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1 oygacha boʻlgan malaka oshirish hamda 8 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Akademiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Akademiya “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiyada oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi taʼlim shakllarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qayta tayyorlash oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga va malaka oshirish oʻquv kurslarini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab turizm sohasi subyektlari mutaxassislari oʻz mablagʻlari hamda ish beruvchi va buyurtmachi tashkilotlarning mablagʻlari (budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobidan shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Universitet vasiylik kengashiga Akademiyaning tuzilmasini xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tasdiqlash va unga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Akademiyaga Turizm qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Universitet rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini hamda oʻqitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qoʻllagan holda turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalari uchun yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) taʼlimning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va yosh mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalaridagi taʼlim muassasalariga yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari tajribasini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalari subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda hamkorlikda oʻquv dasturlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Turizm qoʻmitasi hamda Samarqand viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Akademiya tuzilmasida turizmning ekologiyaga salbiy taʼsirini kamaytirish yoʻnalishida xalqaro ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Global yashil turizm startaplari laboratoriyasini (keyingi oʻrinlarda — Laboratoriya) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitet tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Badiiy galereya” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Moliyaviy resurslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida pullik taʼlim xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab har yili Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarida taʼlim olish uchun maxsus grant ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiyani saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Turizm qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Akademiya xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish Universitet xodimlari uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi maqsadlar uchun 50 milliard soʻmgacha mablagʻlar Akademiyaga ajratilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida xalqaro tan olingan yetakchi xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilish orqali Akademiyaning professor-oʻqituvchilari hamda respublikaning turistlar oqimi yuqori boʻlgan hududlaridagi mehmonxona va xizmat koʻrsatish sohasi vakillarining xalqaro darajada malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlovchi xalqaro tan olingan taʼlim tashkilotlarini jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Badiiy galereya” oʻquv laboratoriyasi va Laboratoriya faoliyati Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Universitet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Turizm qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Akademiyada oʻquv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-oʻqituvchilar, jumladan, xorijdan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitet vasiylik kengashi bilan birgalikda turizm va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha belgilangan muddatlarda oʻquv jarayoni boshlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashqi ishlar vazirligi Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda diplomatik kanallar orqali Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo davlatlarning mutaxassislariga Akademiyada maxsus grant dasturi asosida taʼlim olishda mazkur qaror bilan berilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida targʻibot ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi oʻn kun muddatda Samarqand shahri Goʻroʻgʻli koʻchasi 13-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tutash hududlari bilan birgalikda Universitet balansiga begʻaraz oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Samarqand viloyati hokimligi viloyat stomatologiya poliklinikasini koʻchirish hamda unga zarur shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Akademiya faoliyatini takomillashtirish, “Badiiy galereya” oʻquv laboratoriyasi va Laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Turizm qoʻmitasi raisi hamda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.M. Boboyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-350-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 07/25/350/1069-son; 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)