Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Elchixonasini ochish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Singapur Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005 — 2007-yillarda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning yetakchi davlatlari va mintaqaviy tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi PQ-156-sonli qarorini ijro etish yuzasidan:
1. Singapur shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixona xodimlari soni AQSHdagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining maslahatchi-vakil, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi va birinchi kotib-harbiy attashe lavozimlarini qisqartirish hisobiga 3 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 1 kishi — maʼmuriy-texnik tarkib xodimi.
3. Singapurdagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining shtat jadvali va xarajatlar smetasi, shuningdek AQSHdagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining shtat jadvali 1 — 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Singapurdagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi, shuningdek AQSHdagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining sarf-xarajatlarini moliyalashni 2007 moliya yili budjetida tasdiqlangan chet eldagi muassasalarni moliyalashtirish hajmlari doirasida ularning shtat jadvallaridagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda amalga oshirsin;
Singapurdagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasiga ikki avtomobil taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi elchixonasida ikki avtomobil taʼminotiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish hisobidan limit ajratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Singapurdagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “AQSHda Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasini ochish toʻgʻrisida” 1993-yil 10-maydagi 212-sonli qaroriga 1-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 8-iyuldagi 238-sonli qaroriga 1-ilovaning 9-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining shtat jadvaliga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 25-noyabrdagi 508-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V. Norov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-yanvar,
PQ-563-son