13.10.2025 yildagi 1371-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining qarori, 13.10.2025 yildagi 1371-V-son
Kuchga kirish sanasi
13.10.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining 2025-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2025-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanishga, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlashga hamda amaldagi qonun hujjatlarida korrupsiyaga imkoniyat yaratadigan normalar mavjudligini aniqlashga, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayoni ustidan parlament nazoratini oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmitaning qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi faoliyati koʻlami yanada kengaygan. Hisobot davrida Qoʻmita 32 ta qonun loyihasi hamda 6 ta jamlanma qonun loyihasiga masʼul boʻlib, ularning 28 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan. Shuningdek qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QT-2-sonli qonunchilik taklifi Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilib, Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita masʼulligida tegishli sohalarni tartibga solishga, xususan, sud majlislarida ishtirok etish jarayonini yanada soddalashtirishga, fuqarolar uchun masofadan turib sud muhokamalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratishga, yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan alohida yoʻlaklardan transport vositalarining harakatlanmasligini belgilashga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirishga, nizolarni sudgacha hal etishni, mulkiy tusdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashga, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotiga xususiy ayblov institutini joriy etishga, ayrim huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish jazosi qoʻllanilishini tatbiq etishga, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarning roʻyxatini hamda bunday texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilishi muddatlarini aniq belgilashga, sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini taʼminlashga, kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimini takomillashtirishga, xodimlarning ish tashlashga boʻlgan huquqini belgilashga, ish tashlashni amalga oshirish tartibi va mexanizmini huquqiy jihatdan tartibga solishga, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilashga, voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligini va ularni soʻroq qilish jarayonida qonuniy vakillarning ishtirok etishi tartibini belgilashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilingan. “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi hamda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita aʼzolari qonunchilik tashabbusi huquqi asosida 8 ta qonun loyihasini Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritishda ishtirok etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarining ijro etilish holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish, Qonunchilik palatasining va Qoʻmitaning qarorlari ijrosini oʻrganish boʻyicha Qoʻmita tomonidan 7 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda Sogʻliqni saqlash vazirligi deb yuritiladi) tizimida korrupsiyaning oldini olish holati Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari misolida oʻrganilgan hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatining axboroti Qoʻmita majlisida eshitilgan. Shuni alohida taʼkidlash joizki, oʻrganish va Sogʻliqni saqlash vazirligining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qoʻmita qarorida ushbu vazirlik oldiga qoʻyilgan aniq vazifa va talablar bajarilishi natijasida korrupsiyaning oldini olish borasida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 3 nafar rahbar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 9 nafar rahbarga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan va 1 nafar xodimning lavozimi pasaytirilgan. Shuningdek Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻz faoliyatiga doir 94 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib, natijasi boʻyicha aniqlangan huquqiy muammolar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilgan. Shuningdek Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha 89 nafar bosh mutaxassis shtati joriy etilib, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri sogʻliqni saqlash vaziriga boʻysunishi belgilandi. Tizimda ishlab kelayotgan rahbar va xodimlar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi borasida 1208 ta holat aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan sogʻliqni saqlash vazirining tezkor koʻrsatma xati yuborildi. Tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqidagi xabarlarni qabul qilishga moʻljallangan ishonch telefoni tunu kun ish rejimiga oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tadbirlari samaradorligini oshirish borasida olib borilgan ishlar boʻyicha mazkur davlat organlari rahbarlarining axboroti eshitilib, masʼullarga bu borada amalga oshirib kelinayotgan ishlar natijadorligini kuchaytirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasi koʻrib chiqilgan hamda natijasi boʻyicha Qoʻmitaning va Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 1278 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflar alohida oʻrganilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlarini va Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda tushuntirib borish yuzasidan 6 ta tadbir, shu jumladan 4 ta davra suhbati, 1 ta seminar, 1 ta matbuot anjumani oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qonunchilik palatasining Kengashi tomonidan tasdiqlangan Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida oʻtkaziladigan tematik uchrashuvlar jadvaliga asosan advokatlar va notariuslar ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilib, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ular tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar Qoʻmitaning qonun ijodkorligi faoliyatida inobatga olinib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda Qoʻmita huzurida Jamoatchilik kengashi tarkibi shakllantirildi va 2025-yil 13-mart kuni uning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur Jamoatchilik kengashi aʼzolari Qoʻmitaning qonun ijodkorligi faoliyatida doimiy ravishda faol ishtirok etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 1140 marotaba chiqish qilingan hamda qonun ijodkorligiga va Qoʻmita faoliyatiga oid materiallarning muntazam yoritib borilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlar bilan bir qatorda Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili hali oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, qonun tashabbuskorligi borasidagi takliflarni koʻpaytirish, qonunlarning ijrosi boʻyicha nazorat-tahlil tartibidagi oʻrganishlarni yanada kengaytirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tashabbusi bilan oʻtkazilgan parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy ravishda monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek fuqarolar tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan berilayotgan takliflarni bevosita ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama etish, joylarda fuqarolar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni masʼul vazirliklar va idoralar bilan birgalikda koʻrib chiqish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining 2025-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqishda va Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarini maromiga yetkazishda ularni Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida muntazam ravishda muhokama qilish hamda keng jamoatchilikning takliflari hamda fikr-mulohazalarini hisobga olish, nazorat-tahlil tadbirlariga soha mutaxassislarini va ekspertlarni keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq sohasidagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitib borish amaliyotini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan hamkorlikda qonun loyihalari boʻyicha tizimli ravishda davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazib borish amaliyotini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmita nomiga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, mazkur muammolarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va ularga toʻliq yechim topish borasida mutasaddi vazirliklar hamda idoralar tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining majlislaridagi nutqlarida koʻtarilgan dolzarb masalalardan kelib chiqib, mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1371-V-son