07.10.2025 yildagi 1355-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 07.10.2025 yildagi 1355-V-son
Kuchga kirish sanasi
07.10.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovning “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda oqova suv tizimini rivojlantirish va uning quvvatini oshirish, eskirgan quvurlarni hamda tozalash inshootlarini yangilariga almashtirish va modernizatsiya qilish, mavjud quvvatlarning uzluksiz faoliyatini taʼminlash, sohaga ekologik jihatdan sifatli, zamonaviy, tejamkor, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, keyingi yillarda oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu jumladan “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda, ekologik va epidemiologik barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-sonli Qarori bilan oqova suv boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni yaxshilash borasida olib borilayotgan izchil choralarni yanada jadallashtirish, oqova suv boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qamrovini oshirish, sohada transformatsiya jarayonini jadallashtirish hamda korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yanada mustahkamlash kabi vazifalar belgilab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda respublikamiz hududida jami 255 ta oqova suv inshooti mavjud. Ularning 63 tasi yirik oqova suv tozalash inshooti boʻlsa, 192 tasi lokal oqova suv tozalash inshootidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatini kengaytirish maqsadida 2022 — 2024-yillarda respublika budjetidan ajratilgan 1,04 trln. soʻmlik mablagʻ hisobidan 78 ta oqova suv inshootini, 115 ta oqova suv koʻtarish inshootini va oqova suvlarni chiqarib yuboruvchi 1 028 kilometrlik tarmoqlarni qurish ishlari amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek xalqaro moliya institutlarining 138 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 6 ta oqova suv inshootini, 9 ta oqova suv koʻtarish inshootini va oqova suvlarni chiqarib yuboruvchi 403 kilometrlik tarmoqlarni qurish ishlari amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari natijasida aholining markazlashgan oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati bilan taʼminlanganlik darajasi 17,6 foizdan 20,5 foizga yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirish maqsadida respublika budjetidan ajratilgan 258,9 mlrd. soʻmlik mablagʻ hisobidan 13 ta oqova suv inshootini, 34 ta oqova suv koʻtarish inshootini va oqova suvlarni chiqarib yuboruvchi 200 kilometrlik tarmoqlarni qurish rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek xalqaro moliya institutlarining 176,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar hisobidan 5 ta oqova suv inshootini, 11 ta oqova suv koʻtarish inshootini va oqova suvlarnig 318,5 kilometrlik tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida aholining markazlashgan oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati bilan taʼminlanganlik darajasini 22,3 foizga, jami xizmat koʻrsatiladigan aholi sonini 8,3 mln. nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga tahlillar sohada ayrim kamchiliklar va hal etilishi lozim boʻlgan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, mavjud inshootlarning 37 foizi, oqova suvlarning umumiy uzunligi 9 924,6 km boʻlgan kollektorlarining va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarining 18,2 foizi yoki 1 810,3 km qismi taʼmirtalab holatda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqova suvlarni tozalash inshootlari va oqova suv kanallari atrofida badboʻy hid tarqalishi hamda ochiq suv manbalariga sanoat korxonalarining tashlanma oqova suvlari tashlanishi natijasida ekologik zarar yetkazilishi holatlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarga koʻra, oqova suvlarni samarali qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanmaslik, sanoat korxonalarining ishlab chiqarishda hosil boʻladigan oqova suvlarni birlamchi qayta ishlamasdan asosiy tarmoqqa yoʻnaltirishi va tozalash uchun resurslar yetishmasligi natijasida tashlanmalardagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan normalardan yuqori miqdorda chiqarib yuborilayotganligi aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi infratuzilmaning moddiy jihatdan eskirganligi, energiya tejamkorligi koʻrsatkichlari va avtomatlashtirilgan boshqaruv qoʻllanilmasligi, aksariyat tarmoqlar oʻz xizmat davrini oʻtab boʻlganligi sohada jiddiy yangilanishlarga ehtiyoj mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi tomonidan oqova suv tarmogʻi orqali chiqarilishi mumkin boʻlmagan buyumlar va jismlarni tarmoq orqali chiqarib yuborayotganligi holatlarining oldini olish, oqova suv sarfini kamaytirishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni keng qoʻllash amaliyoti talab darajasida emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga ekologik jihatdan sifatli, zamonaviy, samarali va energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda, ularning monitoringini yuritishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga raqamlashtirishni keng joriy etish hamda axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining faoliyati samaradorligi isteʼmolchilar tomonidan baholanishiga imkon beruvchi tizim yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suv boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tenderlar oʻtkazish jarayonlarini korrupsiyaga qarshi tekshiruvlardan oʻtkazish va ularning shaffofligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishida xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida korporativ boshqaruvga oʻtish, malakali kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan foydalanish qoidalariga rioya etish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1355-V-son