10.11.2025 yildagi 713-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ekspert-kriminalistik tadqiqotlardan o‘tkazish jarayonlari jadallashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 37-ilovaga o‘zgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ekspert-kriminalistik tadqiqotlardan o‘tkazish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 37-ilovaning 12-pozitsiyasi to‘rtinchi ustunining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida litsenziya olmasdan foydalaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
713-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2025-y., 09/25/713/1030-son)