O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. 2025-yil 2-iyul kuni Boku shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida klonlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan va jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar bo‘yicha axborot almashinuvini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Ozarbayjon tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-noyabr,
PQ-335-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 07/25/335/1020-son)