28.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030-11
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 28.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030-11
Kuchga kirish sanasi
30.01.2026
Hujjat 30.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3030-11]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3030/1440-son) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25/1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 28-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Banklar kredit ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng, biroq kredit shartnomasi rasmiylashtirilishidan (oferta tasdiqlanishidan) oldin, isteʼmolchi-jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari bilan bogʻliq ehtimoliy tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 1a-ilovasida keltirilgan shakldagi cheklistni taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur cheklist:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank binosiga tashrif buyurganda, kredit rasmiylashtirish usulidan kelib chiqib — qogʻoz yoki elektron shaklda isteʼmolchi-jismoniy shaxsga taqdim etiladi. Bunda isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi har bir bandni oʻqib tanishganligini maxsus belgi bilan belgilaydi hamda cheklistni qoʻlda imzo qoʻyish orqali tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali kredit rasmiylashtirilayotganda — isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi har bir bandni oʻqib tanishganligini maxsus elektron belgi bilan belgilaydi hamda cheklistni tasdiqlash tugmasini bosadi. Bunda barcha belgilarni qoʻyish va tasdiqlash tugmasini bosish fakti bankning avtomatlashtirilgan tizimida sana, vaqt, IP-manzil va isteʼmolchi-jismoniy shaxsning identifikatorlaridan biri koʻrsatilgan holda qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Cheklist kredit shartnomasi hujjatlari bilan birgalikda bankda yoki bankning axborot tizimlarida saqlanadi. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi barcha bandlar bilan tanishganligini belgilamaguncha hamda cheklistni tasdiqlamaguncha kredit shartnomasini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“281. Banklar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan hamda fors-major holatlari tufayli oʻz vaqtida kredit toʻlovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan isteʼmolchilarning amaldagi kreditlari boʻyicha kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkoniyatlari borasidagi arizalarini koʻrib chiqish tartibiga ega boʻlishi va ushbu tartibni bankning rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartib kamida quyidagilarni oʻz ichiga qamrab olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning (restrukturizatsiya) turlari (masalan, kredit toʻlovlari muddatini uzaytirish, kredit foiz stavkasini qayta koʻrib chiqish, kredit toʻlovlarini kechiktirganlik uchun jarima va penyalar miqdorini kamaytirish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga (restrukturizatsiyaga) asos boʻladigan moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar hamda fors-major holatlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchining arizalarini qabul qilish, roʻyxatga olish tartibi hamda arizaga ilova qilinadigan zarur hujjatlarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchining arizalarini koʻrib chiqish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan arizalarni koʻrib chiqish va baholash mezonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza boʻyicha bank tomonidan qabul qilingan qaror haqida isteʼmolchiga xabar berish tartibi va muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi hamda uning ilovalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qanotlantirishni rad etish boʻyicha qaror qabul qilinganda, bu toʻgʻrisida asoslantirilgan holda arizachiga xabar berish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu tartibda homiladorlik va tugʻish taʼtilini olgan ayollarning amaldagi kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatini oʻn oygacha uzaytirish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha qoidalar majburiy tarzda aks ettirilishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“isteʼmolchilarga kredit olish boʻyicha arizasida (soʻrovida) koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha summada kredit taklif etish hamda uni olishga undash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit qarzdorliklarini davlat tomonidan fuqarolarga ajratiladigan ijtimoiy nafaqa va yordam mablagʻlari, shu jumladan ijtimoiy karta hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartnomasida yoki unga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvalida toʻlovlar boʻyicha belgilangan kalendar sanaga qadar kredit toʻlovlarini undirishga talab qoʻyish, bundan isteʼmolchi tomonidan bankning avtotoʻlov xizmatidan foydalanish davrida kredit toʻlovlarining yechib olinishi hamda qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar mustasno;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 353 va 354-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“353. Banklar tomonidan moliyaviy xizmatlar koʻrsatish jarayonida, shuningdek bankning masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali xizmatlar koʻrsatilayotgan paytda quyidagi holatlarning joriy etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchining xohish-irodasini ifodalovchi har qanday belgilarni (masalan, belgi qoʻyish maydonchalari, siljitma tugmalar va shunga oʻxshashlarni) oldindan oʻrnatib qoʻyish yoki tanlab qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit parametrlari koʻrsatilgan maydonchalarni, shu jumladan kredit summasi, muddati hamda tegishli arizadagi isteʼmolchining daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oldindan toʻldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda agar bank isteʼmolchiga tegishli tanlovni taklif qilsa, unga kreditni rasmiylashtirish jarayonida mustaqil ravishda belgini qoʻyish, kredit parametrlarini mustaqil belgilash va boshqa maydonchalarni toʻldirish imkoniyati berilishi kerak (masalan, kredit byurosidan kredit hisobotini soʻrash, reklama tusidagi axborotni yuborish, masofaviy moliyaviy xizmatni ulash, bank xizmatlarining umumiy shartlari bilan tanishganligini tasdiqlash, bank tariflarini qabul qilish va shunga oʻxshash belgilar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354. Banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali xizmatlar koʻrsatilayotgan hollarda, agar isteʼmolchi taklif etilayotgan shartnomaning (ofertaning) barcha sahifalarini (qismlarini) toʻliq koʻzdan kechirmagan boʻlsa, xizmat koʻrsatish shartlariga rozilikni bildiruvchi tugmani bosish imkoniyati berilmasligi shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 3-bob quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3-§. Omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida xabardor etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
402. Banklar quyidagi axborotlarni isteʼmolchilarga tarqatish boʻyicha zarur choralarni koʻrishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning omonatlarni kafolatlash tizimida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolatlash obyektlari, kafolatlangan omonatlar, shuningdek kafolatlash obyekti hisoblanmaydigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiyalarni toʻlash tartibi, shu jumladan ularni toʻlashning usullari va muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
403. Mazkur Nizomning 402-bandida nazarda tutilgan axborotlar bank tomonidan quyidagi shakllarda tarqatilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning axborot stendlari va rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
administratorlar orqali, shu jumladan bank omonati (depoziti) shartnomasi va (yoki) bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish jarayonida hamda isteʼmolchining soʻroviga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
404. Bankning rasmiy veb-saytida omonatlar toʻgʻrisidagi axborot joylashtirilgan sahifada “Omonatlaringiz kafolatlangan” degan mazmunda koʻzga tashlanadigan tegishli havola (giperhavola) joylashtirishi va ushbu tegishli havola (giperhavola) Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytidagi tegishli sahifaga yoʻnaltirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405. Bank omonati (depoziti) shartnomasi yoki bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish jarayonida administratorlar omonatchini mazkur Nizomning 3b-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi maʼlumot bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 3b-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotning bir nusxasi bank tomonidan omonatchiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa omonatchining mazkur axborot bilan tanishganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir mijoz uchun shakllantiriladigan yigʻma jildda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Omonatchi masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali omonat (depozit) qoʻygan yoki bank hisobvaragʻini ochgan taqdirda, bank mazkur Nizomning 3b-ilovasida nazarda tutilgan axborotni omonatchiga taqdim etishi, shuningdek shartnoma tuzilishidan oldin mazkur axborot bilan tanishganligini tasdiqlash imkoniyatini yaratishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
406. Administratorlar isteʼmolchiga omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi axborotni oddiy va tushunarli shaklda taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar administrator omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi savollarga javob berishda qiynalsa, bunday holda u isteʼmolchiga batafsilroq maʼlumot olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishni tavsiya etishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 1-ilovaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit shartnomasi shartlariga muvofiq isteʼmolchining majburiyatlariga kirsa, shuningdek, quyidagi toʻlovlar:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 1a va 3b-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit rasmiylashtirishdan oldin toʻldiriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHEKLIST
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit shartnomasini rasmiylashtirishdan (ofertani tasdiqlashdan) avval, ushbu roʻyxatni diqqat bilan oʻqib chiqing va har bir bandni tushunganingizni tasdiqlang. Bu sizni kelgusida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklardan saqlanishingiz uchun xizmat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Kredit — bu xarajat.

Kredit — bu men toʻlashim shart boʻlgan moliyaviy majburiyatdir. Kreditning asosiy summasidan tashqari, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni, shuningdek, ehtimol, kredit bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni (sugʻurta, kredit toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlari va boshqalar) ham toʻlashimga toʻgʻri keladi.

ð

2.

Kreditni qaytarish jadvalini diqqat bilan oʻrganib chiqdim.

Kreditni qaytarish jadvalidagi barcha sanalar va toʻlov miqdorlari hamda ushbu toʻlovlarni amalga oshirish usullari bilan tanishdim. Mazkur jadvalga muvofiq har oyda qachon va qancha miqdorda toʻlovlar toʻlashim kerakligini tushundim hamda ularni oʻz vaqtida bajara olaman.

ð

3.

Daromadlarim kredit toʻlovlarini toʻlash imkonini beradi.

Mazkur kreditni olishda men oylik daromadim va doimiy xarajatlarimni (boshqa kreditlarim, ijara, kommunal xizmatlar, transport va boshqa xarajatlarni), shuningdek kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarimni bajara olmasligimga olib kelishi mumkin boʻlgan yengib boʻlmas kuch taʼsiridagi vaziyatlar (holatlar)ni yuz berishi ehtimolini (ishimni yoʻqotish, ish haqi va boshqa daromadlarni kechikishi, sogʻligimning yomonlashishi) inobatga oldim.

ð

4.

Kredit toʻlovlarini kechiktirish oqibatlaridan xabardorman.

Kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirmasam, bank tomonidan ushbu qarzdorlik boʻyicha tegishli jarima va penyalar belgilanishini, shuningdek, agar kredit qarzdorligi sud orqali undirilsa, mazkur sud xarajatlarini ham toʻlashim mumkinligini tushundim. Bundan tashqari, kredit tariximda majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagani toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilishi, bu esa kelgusida moliyaviy tashkilotlardan kredit olish imkoniyatimni pasayishiga va/yoki noqulay shartlarda kredit olishimga sabab boʻlishi mumkinligini bilaman.

ð

 

 

 

Imzo (qogʻoz shaklda): Tasdiqlayman ____________________.

_______________________________________ (imzo)

 

Elektron shaklda (onlayn): “Tasdiqlayman” tugmasi bosiladi.

 

Sana: ___ ____ ______.

________ (kun /oy /yil)

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
3b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidagi omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AXBOROT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

________________ ga

____ (bank nomi)

joylashtirilgan omonatlar kafolatlanishi

Bankdagi omonatlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi

2.

Omonatlarni kafolatlash asoslari

Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

3.

Kafolatlash hodisasi

Bankning tugatilishi (yopilishi)

4.

Kafolatlanadigan omonatlar turi

Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar, shu jumladan bank kartalaridagi mablagʻlar, muddatli va jamgʻarma omonatlar, shuningdek mazkur omonatlar boʻyicha hisoblangan foizlar

5.

Kompensatsiya miqdori

Bank tugatilganda har bir omonatchiga, omonat boʻyicha hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda, jami toʻlanadigan kompensatsiya miqdori 200 000 000 soʻmdan oshmaydi

6.

Bir bankda omonatchining bir nechta omonatlari mavjud boʻlgan taqdirda toʻlanadigan kompensatsiya miqdori

Omonatning miqdori va valyutasidan qatʼi nazar omonatchining ushbu bankdagi va uning filiallaridagi barcha omonatlari hisoblangan foizlar bilan jamlanadi va ular boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiyaning umumiy miqdori 200 000 000 soʻmdan oshmaydi

7.

Bir nechta bank tugatilgan holda kompensatsiya miqdori

Bir nechta bank tugatilgan taqdirda, mazkur banklarda omonatlari mavjud boʻlgan omonatchi har bir bank boʻyicha alohida tartibda 200 000 000 soʻmdan oshmagan miqdorda kompensatsiya olish huquqiga ega

8.

Kompensatsiya toʻlash muddati

Bankni tugatish (yopish) toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran 20 ish kuni mobaynida:

2026-yil 1 yanvardan boshlab — 15 ish kuni;

2027-yil 1 yanvardan boshlab — 7 ish kuni.

9.

Kompensatsiya toʻlanadigan valyuta

Chet el valyutasida qoʻyilgan omonatlar boʻyicha kompensatsiya bank tugatilgan (yopilgan) sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) toʻlanadi

10.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar

Omonatlarni kafolatlash agentligining: manzili, telefon raqamlari, el.pochta manzili, veb-sayt manzili

 

 

 

Omonatchi xabardor qilindi:

 

Sana va imzo

 

 

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son)