Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XORIJIY MAMLAKATLARDAGI DIPLOMATIK VAKOLATXONALARI SHTAT JADVALLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Niderlandiya Qirolligi (Amsterdam shahri)dagi Bosh konsulxonasi tugatilsin.
2. Quyidagilar:
Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining shtat jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-noyabrdagi PQ-3996-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Niderlandiya Qirolligi (Amsterdam shahri)dagi Bosh konsulxonasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi va Bosh konsulxonasi balansidagi moddiy va pul boyliklarini xatlovdan oʻtkazsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan boʻshaydigan moddiy boyliklardan kelgusida foydalanish boʻyicha takliflarni kelishib olsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan diplomatik muassasalar taʼminotiga shtatlar jadvallaridagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, chet ellardagi muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlashning joriy moliyaviy yil uchun budjetda tasdiqlangan hajmlaridan kelib chiqib mablagʻlar ajratsin.
5. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzurida Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida” 1997-yil 6-yanvardagi 2-son qaroriga 1-ilova;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Niderlandiya Qirolligi (Amsterdam shahri)da Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini ochish toʻgʻrisida” 1998-yil 22-iyundagi 264-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-may,
222-son
Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining
SHTAT JADVALI
|
(hisob-kitoblar AQSH dollarida) | |||||
|
T/r |
Lavozimi |
Shtatdagi xodimlar soni |
Vakilning maoshi (2200$)ga nisbatan xodimlarning maoshi, foizlarda |
Oylik maosh |
2003-yil uchun ish haqi fondi |
|
Diplomatik xodimlar tarkibi | |||||
| 1. | Vakil | 1 | 100% | 2200 | 26400 |
| 2. | Birinchi kotib | 1 | 75% | 1650 | 19800 |
| 3. | Butunjahon savdo tashkilotidagi vakil | 1 | 65% | 1430 | 17160 |
| | Jami: | 3 | | 5500 | 63360 |
|
Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi | |||||
| 1. | Katta buxgalter | 1 | 65% | 1430 | 17160 |
| 2. | Joyning oʻzida yoki xodimlarning oila aʼzolaridan yollanadigan xodimlar: oshpaz, farrosh, qorovul, bogʻbon va boshqalar | | | 3000 | 36000 |
| | Jami: |
1 |
|
4430 |
53160 |
| | Hammasi: | 4 | | 9930 | 116520 |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-noyabrdagi PQ-3996-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 30-oktabrdagi PQ-2424-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)