22.09.2025 yildagi 1312-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining qarori, 22.09.2025 yildagi 1312-V-son
Kuchga kirish sanasi
22.09.2025
Hujjat 22.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida 2025-yil 13-sentabrda tasdiqlangan 40-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 4-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1170-V-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 8, 1021-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1312-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 22-sentabrdagi 1312-V-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 4-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1170-V-sonli qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilova quyidagi mazmundagi 121 — 124-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

T/r

Ustuvor vazifalar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

Masʼullar

121.

Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishning huquqiy asosini yaratish.

1. Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishini qonunlarda belgilashga oid qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

122.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish.

2025-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

123.

Mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vakillik organlarining ishtirokini yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Hududlarda tanlov asosida tumanlarni (shaharlarni) korrupsiyadan xoli hududga aylantirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2. Korrupsiyaning oldini olish borasida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yanada jadallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

3. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish.

2025-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

124.

Korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish.

1. Oliy Majlis Senatining masʼul qoʻmitasi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini aniq belgilash masalasini oʻrganib chiqqan holda takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish.

2025-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

”.