15.10.2025 yildagi 642-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini raqamlashtirish borasida qator choralar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni bitirganlik haqidagi yagona namunadagi guvohnomani inson omilini cheklagan holda avtomatlashtirish tizimlarni orqali shakllantirish tartibini joriy etish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv tashkilotlari) tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga mazkur taʼlimni bitirganlik haqidagi yagona namunadagi guvohnomaning elektron shaklda berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-son qarorida oʻquv tashkilotlarida haydovchilikka nomzodlar, ularga haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni tamomlagani haqidagi beriladigan yagona namunadagi guvohnomalar toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar bazasini yuritishni taʼminlovchi moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlishi hamda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — YAAAT) ushbu maʼlumotlarni real vaqt rejimida kiritib borish imkoniyati yaratilgan boʻlishi shartligi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv tashkilotlarini tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga taʼlimni bitirganlik haqidagi yagona namunadagi guvohnoma YAAATning “e-avtotaʼlim.uz” moduli orqali elektron shakllantiriladi (keyingi oʻrinlarda — elektron guvohnoma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) YAAATning “e-avtotaʼlim.uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini olish istagida boʻlgan shaxs imtihonlarni topshirishda tadbirkorlik subyektlariga elektron guvohnomaning nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda yagona namunadagi elektron guvohnoma berilganligini onlayn vaqt rejimida tekshirish maqsadida YAAATning “e-avtotaʼlim.uz” modulini tadbirkorlik subyektlarining axborot tizimlariga integratsiya qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv tashkilotlarini tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga taʼlimni bitirganlik haqidagi elektron guvohnomalarni berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron guvohnomalarning shakli va ularga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron guvohnomalarning hisobini yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
642-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-oktabrdagi 642-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 43-banddagi “yagona namunadagi guvohnoma” soʻzlari “yagona namunadagi elektron guvohnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 44-bandning “a” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 50-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yagona namunadagi guvohnomasiga kiritiladi, imzo va muhr” soʻzlari “yagona namunadagi elektron guvohnomasiga kiritiladi, QR-kod” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 21-ilovaning 6-band “g” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 231-banddagi “yagona namunadagi guvohnomalar” soʻzlari “yagona namunadagi elektron guvohnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“29. Oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻquv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan taʼlimni bitirganlik haqidagi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 291-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“291. Yagona namunadagi elektron guvohnomalar oʻquv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning maʼlumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining “e-avtotaʼlim.uz” moduli (keyingi oʻrinlarda — “e-avtotaʼlim.uz” moduli) orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga “e-avtotaʼlim.uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona namunadagi elektron guvohnomalar uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona namunadagi elektron guvohnomalarning hisobi “e-avtotaʼlim.uz” moduli orqali DYHXX tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Oʻquv guruhlarining hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha oʻquv tashkilotida saqlanadi. Guvohnoma yoki sertifikat yoʻqolib qolgan hollarda oʻquv tashkiloti shaxsning arizasi va imtihon komissiyasining bayonnomasiga asosan sertifikatning dublikatini belgilangan tartib asosida beradi va yagona namunadagi elektron guvohnomani shakllantiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona namunadagi elektron guvohnomaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNASI

”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 09/25/642/0941-son)