08.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2730-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 08.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2730-1
Kuchga kirish sanasi
13.10.2025
Hujjat 13.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2730-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 589-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
289-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri B. SAIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 8-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 6-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi va 1-banddagi “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlar “Davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) nomidagi “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlar “Davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibini belgilaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 20-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining” degan soʻzlar “tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 29-bandning uchinchi xatboshisidagi “vaqtinchalik propiska (roʻyxat olinganlik)” degan soʻzlar “turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 35-bandning birinchi xatboshisidagi “Prezidenti Devoni” degan soʻzlar “Prezidenti Administratsiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 1-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlar “Davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar meʼyorlariga belgilanadigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAMALAR

T/r

Xizmat safariga yuboriladigan mansabdor shaxslar toifasi

Ustama miqdori

(foizda)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

30

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, maslahatchisi, vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va maslahatchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti protokoli rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi

25

3.

Vazir hamda maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha unga tenglashtirilgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi, Oʻzbekiston Respublikasi vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti protokoli rahbari oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi, Komplayens xizmati boshligʻi, Kanselyariya mudiri hamda shoʻba mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

20

4.

Vazir oʻrinbosari hamda maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha unga tenglashtirilgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari raisi oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

15

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)