Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2009 14.05.2003 yildagi 214-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2009
Hujjat 14.05.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA FAVQULODDA EPIDEMIYAGA QARShI KURAShISh KOMISSIYASINING OITS/OIV (ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI/OIV KASALLIGI) EPIDEMIYASI TARQALIShIGA QARShI KURAShISh STRATEGIK DASTURINI MUVOFIQLAShTIRISh BOʻYIChA KIChIK KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-sonli “OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIVning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturi loyihasini Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
14-maydagi 214-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiya (keyingi oʻrinlarda matnda “kichik komissiya” deb yuritiladi) Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi huzurida tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kichik komissiya oʻz faoliyatida “Fuqarolarning sogʻligini muhofaza qilish toʻgʻrisida” va “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kichik komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari, hukumatga qarashli boʻlmagan jamoat tashkilotlari orqali Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurash olib borish dasturi hamda rejalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OITS/OIV kasalligi boʻyicha oldini olish va epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishda vazirliklar va idoralar, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari, hukumatga qarashli boʻlmagan jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy va idoraviy kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi, oldini olish va epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini bajarishda maslahat yordami koʻrsatadi va amaliy yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning, Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining va OITS/OIVning oldini olish boʻyicha kichik komissiya qarorlarining bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik komissiya majlislarida vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kichik komissiya jamoatchilik asosida ish olib boradi, u rais, rais oʻrinbosari – kichik komissiyaning muvofiqlashtiruvchisi, kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik komissiya ishiga sogʻliqni saqlash, taʼlim, fan, madaniyat tashkilotlari, diniy konfessiyalar va jamoatchilik vakillari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin. Zarurat boʻlganda kichik komissiya OITS/OIV va OITS bilan birga yuqadigan boshqa kasalliklarning oldini olishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik komissiya mazkur Nizomga muvofiq funksiyalar va vazifalarni bajaradi, OITS/OIV kasalligi va OITS bilan birga yuqadigan kasalliklarning oldini olish muammolari boʻyicha Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi Nizomida nazarda tutilgan huquq va vakolatlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kichik komissiya oʻz faoliyatini ish rejasiga muvofiq tashkil etadi, majlislarni rejali tartibda bir yilda kamida 2-marta, epidemiya koʻrsatkichlari boʻyicha esa – zaruriyatga koʻra chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kichik komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, vazirliklar va idoralar, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.