08.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3360-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 08.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3360-2
Kuchga kirish sanasi
08.10.2025
Hujjat 08.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3360-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 8-maydagi PF-84-son “Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 31-martdagi 52-ICH-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360, 2022-yil 1-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 10/22/3360/0260-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 121-bandiga muvofiq, pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi hamda Agentlik direktori ushbu mablagʻlarni Agentlik tizimidagi tashkilotlar oʻrtasida taqsimlash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizini Agentlikka yoʻnaltiruvchi tibbiy-ijtimoiy muassasalar roʻyxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltirilishi har oy uchun keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor M. OLLOYOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025/1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 8-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 4-sentabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 10/25/3360-2/0908-son)