OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINING DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN PAXTA VA GʻALLA YETIShTIRISh XARAJATLARINI TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-iyunda 1448-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 3-avgustdagi 71, 266-V-sonli “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1508, 11.08.2005-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2005-yil 14-yanvardagi 2 va 259-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2005-yil 2-fevral, roʻyxat raqami 1448 — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 40-modda, 12-13-son, 95-modda) qoʻshimcha va oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-may,
50-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-may,
259-V-2-son
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvining
2005-yil 30-maydagi 50, 259-V-2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
2005-yil 30-maydagi 50, 259-V-2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla qiymatining 50 foizigacha miqdorida beriladi.
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda ajratiladi:
paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar paxta xomashyosi qiymatining 5 foizigacha, 1-apreliga qadar 20 foizgacha, 1-iyunga qadar 35 foizgacha va 1-sentabrga qadar 50 foizgacha;
gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar gʻalla qiymatining 20 foizgacha, 1-aprelga qadar 30 foizgacha va 1-iyunga qadar 50 foizgacha.
Qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot hajmining qiymati “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda tayyorlov korxonalari) bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi.
Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi xarid narxlari asos qilib olinadi. Yangi xarid narxlari tasdiqlangach, kredit miqdori kredit oluvchining talabiga koʻra qayta hisoblab chiqiladi.”
2. 6-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda, ishlatilmagan kredit resurslari qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan tasdiqlangan biznes-rejaga muvofiq gʻalla va paxta yetishtirish bilan bogʻliq boshqa ruxsat etilgan xarajat turlari boʻyicha, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olishga, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashga ishlatilishi mumkin.”
3. 10-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“debitor-kreditor qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-shakl) va moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl).”
4. 11-band quyidagi tahrirda yangi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tijorat banklari berilgan kreditlarning qaytishini taʼminlash maqsadida tayyorlov korxonalari tomonidan berilgan kreditlarni qaytarilishi borasida kafilligini qabul qilishlari mumkin.”
5. 12-banddagi “5 kun” soʻzlari “3 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 17-bandning birinchi xatboshisidagi “muddatli majburiyatnomalar asosida” soʻzlari olib tashlansin va quyidagi tahrirda beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Topshirilgan mahsulot uchun yakuniy hisob-kitoblarda tayyorlov korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berilgan moddiy boyliklar qiymati va avvalgi yillar qarzlarini chegirib qolishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddiy boyliklar uchun hisob-kitoblar va qarzlarni qaytarish ajratilgan bank kreditlari toʻliq toʻlangach, qishloq xoʻjalik korxonasining toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
7. 1-ilova ilovadagi tahrirda berilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK va Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-may
“Oʻzagrosugʻurta” DASK raisi P. KAZIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-may
Dehqon va fermer xoʻjaliklari Uyushmasi raisi S. QOBILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-may
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qishloq xoʻjalik korxonalarini _____ yil paxta (gʻalla) hosilini yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdori yuzasidan tavsiyalar
|
№ |
Xarajat turlari |
1 tonna hosil uchun |
|
1. |
Ish haqi va unga tegishli ajratmalarga | |
|
2. |
Mineral oʻgʻitlar | |
|
|
shu jumladan: | |
| | azotli | |
| | fosforli | |
| | kaliyli | |
|
3. |
Oʻsimliklarni himoya qilish | |
|
a) |
sh.j: kimyoviy usul bilan | |
|
v) |
biologik usul bilan | |
|
4. |
Urugʻlik | |
|
5. |
Mexanizatsiya xizmati (MTP, alternativ MTP va qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan boshqa xoʻjalik subyektlari) | |
|
6. |
SFU xizmati | |
|
7. |
YoMM | |
|
8. |
polietilen plyonkasi xarajatlari | |
|
9. |
Elektr energiya xarajatlari | |
|
10. |
Ehtiyot qism xarajatlari | |
|
11. |
Lizing xarajatlari | |
|
12. |
Boshqa xarajatlar (paxta ishlab chiqarish boʻyicha boshqa xarajatlar hamda saqlash uchun ajratmalar)* | |
| | Jami | |
*) Boshqa xarajatlar uchun toʻlovlar quyidagi koʻrsatilgan xarajat moddalari boʻyicha amalga oshiriladi:
1. Banklar xizmati.
2. Xoʻjalik va idora xarajatlari.
3. Ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xarajatlari.
4. Kommunal xizmatlar (suv, gaz, elektr energiya, isitish va boshqalar) uchun toʻlovlar.
5. Xoʻjalik ixtiyoridagi avtotransport uchun YoMM xarajatlari.
6. Sugʻurta xarajatlari.
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon fermer xoʻjaliklari uyushmalarini saqlash xarajatlari (tuman QSXB, uyushma).
8. Boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi va budjet toʻlovlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 173-modda)