05.09.2025 yildagi SQ-183-V-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborotini eshitib, 2024-yilda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning natijasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlar qonun bilan tartibga solinib, oʻtgan davrda 85 581 nafar xodim manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha oʻqitilgan, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan 362 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushirilib, platformada 11 518 nafar davlat xizmatchisi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 mln 523 ming tarbiyalanuvchisi, 1 mln 913 ming maktab oʻquvchisi, oliy taʼlim muassasalarining 30 ming talabasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni 750 tadan oshgan, xususan, 2024-yilda pensiya tayinlash uchun ariza berish, tibbiy maʼlumotnoma olish (083), kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, mehmonxona qurish uchun subsidiya olish, talabalar uchun taʼlim krediti olish va boshqa bir qancha xizmatlar elektron shaklga oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan 75 ta loyiha amaliyotga joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining raqobatli tarzda amalga oshirilishi natijasida 13,8 trln soʻm mablagʻ tejalgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi ishga tushirilib, sohaga oid 79 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan, 1 605 nafar xodim Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oʻqitilgan, korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp duch keladigan vazifa va funksiyalar maxsus elektron platformada (e-anticor) baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida 1 mlrd 784 mln soʻmlik grant tanlovlari eʼlon qilingan, 34 ta seminar-trening tashkil etilib, NNT, OAV, Jamoatchilik kengashlarining 840 nafar vakilining malakasi oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari soddalashtirilib, 2024-yil 1-martdan boshlab 19 ta hujjat va tartib-taomil bekor qilingan va 3 tasi xabardor qilish tartibiga oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida 110 dan ortiq tashkilotlarda “Ochiq eshiklar kuni”, 334 ta muassasada davra suhbatlari va treninglar, respublika va xalqaro darajada 3 ta forum oʻtkazilgan, 210 dan ortiq videoroliklar namoyish etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet mablagʻlari harakati ustidan oʻrnatilgan masofaviy monitoring natijasida 554 ta holatda davlat xaridlari bilan bogʻliq 3,1 trln soʻmlik noqonuniy xarajatlarning oldi olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qiymati 8 mln AQSH dollariga teng 4 ta qoʻshma loyiha ishga tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga sohada oʻz yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2024-yilda respublika boʻyicha sudlar tomonidan 7 354 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 2,8 trln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga oid jinoyat ishlari boʻyicha sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash tashkilotlari, tijorat banklari hamda bandlik sohasi xodimlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi boʻyicha 2 350 ta loyihaning 222 tasida yoki 11 foizida 337 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish amaliyoti joriy etilganligiga 4 yil boʻlganiga qaramasdan, ayrim vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazilmaslik holatlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilmay kiritilgan eng koʻp loyihalar salmogʻi Jizzax viloyati hokimligi (8 ta), Investitsiyalar, sanoat va savdo (6 ta), Energetika, Qishloq xoʻjaligi, Tashqi ishlar (5 tadan) vazirliklari hisobiga toʻgʻri kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlariga ajratilgan budjet mablagʻlaridan 496 mlrd soʻm maqsadsiz ortiqcha sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, oliy taʼlim tizimidagi tashkilotlarda ish haqi hamda stipendiya toʻlovlari uchun budjet mablagʻlaridan 45,2 mlrd soʻm ortiqcha sarflangan, bandlik tizimida 14 mlrd soʻmlik va boshqa sohalarda 1,7 trln soʻmlik maqsadsiz va samarasiz xarajatlarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 25 ta Jamoatchilik kengashida NNT vakillari yetarli tarkibda ishtirok etmagan, Jamoatchilik kengashi aʼzolari soni 15 nafar boʻlishi belgilangan boʻlib, 3 ta Jamoatchilik kengashida ushbu talabga rioya qilinmagan, 7 ta Kengash raisi davlat xizmatchilari orasidan tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (13 nafar), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (11 nafar) va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (7 nafar) Jamoatchilik kengashi aʼzolari soni 15 nafardan kam tarkibda tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash, Energetika, Tashqi ishlar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Madaniy meros agentligida mazkur tashkilotlar xodimlari Jamoatchilik kengashiga rahbar sifatida tayinlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga koʻra baholashdan oʻtkazilgan 102 ta davlat tashkilotidan 8 tasining faoliyati “qoniqarsiz” (55 balldan past) baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (17 ball), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (26 ball), “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM (28 ball), “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DM (48 ball), “Oʻzagrolizing” AJ (53 ball), Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi (53 ball) ilk baholashdan oʻtkazilgan boʻlib, faoliyati qoniqarsiz baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini baholash tizimi, yaʼni Ochiqlik indeksi natijasiga koʻra 2024-yil yakuni boʻyicha baholashdan oʻtkazilgan 98 ta davlat organi va tashkilotlaridan 14 tasining faoliyati “qizil” (55 balldan past) samaradorlik koʻrsatkichini qayd etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Fargʻona viloyati hokimligi 54 ball, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 52 ball, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi 51 ball, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 50 ball, Gidrometeorologiya xizmati agentligi 45 ball, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 32 ball, Kinematografiya agentligi 30 ball va Andijon viloyati hokimligi 28 ball “qizil” toifada baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimligi va Kinematografiya agentligi oʻtgan yil ham “qizil” toifada baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatlar korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar koʻrish zarurligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 82-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 252-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar bilan birgalikda eng pastki boʻgʻinga tushgan holda sohalar kesimida korrupsiyaga sabab boʻlayotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida vazirlik va idoralarda oʻrganishlar oʻtkazib, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarning javobgarligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilib, jinoyatlar soni oshib borayotgan sohalarda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taqdimnomalar kiritsin hamda natijadorligini Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida muhokama qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazilayotgan Sogʻliqni saqlash, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi vazirliklari, “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJda ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, monitoring qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiqlik indeksi natijalariga koʻra “qizil” toifaga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida taqdimnomalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga koʻra faoliyat samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishiga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning 10-noyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi doimiy ravishda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishini monitoring qilib, bu borada qonun buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan tashkilotlarga taqdimnoma kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash, Energetika, Tashqi ishlar, Kambagʻallik va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi bir oy muddatda Jamoatchilik kengashlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3837-sonli qarori talablari asosida tashkil etib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda har oyda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz oʻrnini yaxshilash hamda olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida reyting tashkilotlari, xorijiy ekspertlar va xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistondagi aksilkorrupsiya islohotlari toʻgʻrisida maʼlumotlar chop etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Bosh prokuratura, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va barcha masʼul idoralar bilan birgalikda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tarmogʻining Istanbul harakatlar rejasi doirasida Oʻzbekistonning 5-raund monitoring yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” ijrosini oʻz vaqtida taʼminlasin hamda 5-raund 2-bosqich monitoringini 2026-yilgacha oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun ishlab chiqilgan kurslar samaradorligi, natijadorligini baholovchi mezonlar asosida uslubiyot ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin. Bunda mazkur oʻquv kurslari aholi va yoshlar uchun foydali boʻlayotganligi boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazib, ularning oʻquv kurslaridan qoniqish hosil qilish darajasini inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun moʻljallangan oʻquv dasturi uchun ishlab chiqilgan kurslar, uni takomillashtirish boʻyicha oʻqituvchilar, oʻquvchilar fikrini olish tizimini yoʻlga qoʻysin hamda mazkur fikrlar asosida oʻquv kurslarini muntazam takomillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Masʼul vazirlik va idoralar hamda viloyat hokimliklari ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi A. Eshmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-183-V-son