Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA KIRITILAYOTGAN OʻZGARTIRIShLAR HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 24-mayda 496-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 12-yanvardagi 1/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1122, 15.04.2002-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. 1998-yil 8-oktabrda 496-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizomning 8.5-bandi chiqarib tashlansin;
8.6—8.19-bandlar tegishli ravishda 8.5—8.18-bandlar deb hisoblansin.
2. Toʻlov tizimi va axborotlashtirish departamenti (K.M.Umarov)ga 10 kun muddatda ushbu oʻzgartirishlarni Respublika Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish yuklatilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais oʻrinbosari M.R. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 14-may,
11/5-son