29.08.2025 yildagi PQ-264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining siyosiy faolligini va saylovchilar oldidagi masʼuliyatini yanada oshirish, saylov okruglaridagi ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash, tashabbusli budjet jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari (keyingi oʻrinlarda — deputatlar)ning hududlarda ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) saylov okruglarida ijtimoiy masalalarni hal etish uchun deputatlarni zarur resurslar bilan taʼminlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tashabbusli budjet loyihalarini moliyalashtirishda oliy davlat vakillik organi tomonidan nazoratni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining tashabbusli budjet jarayonlaridagi rolini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tashabbusli budjet jarayonlari doirasida gʻolib boʻlmagan loyihani deputat tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish, loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish uchun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) deputatlarning saylovchilar bilan muloqoti davomida aniqlangan masalalar boʻyicha budjet soʻrovini shakllantirish uchun har yili 1-mayga qadar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklariga takliflar kiritish va Davlat budjeti loyihasining Qonunchilik palatasidagi muhokamalarida kiritilgan takliflar inobatga olinishini deputatlar tomonidan nazorat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi takliflarini maʼqullash doirasida shunday tartib oʻrnatilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) deputatlar har yili tashabbusli budjet jarayonlari doirasida tegishli saylov okruglarida gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayotiga va hududni rivojlantirishga bevosita taʼsir qiladigan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda “Ochiq budjet” axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — portal) tanlaydi va mazkur tanlov loyihani Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) portalda deputat tashabbusi asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun alohida sahifa tashkil etilib, shu turdagi barcha loyihalarning jamoatchilik uchun ochiq roʻyxati yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tashabbusli budjet jarayonlari doirasida gʻolib boʻlmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga bir yilda ikki mavsumga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming baravari miqdorida mablagʻ har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) deputatlar tashabbusi loyihalari uchun qoʻyiladigan talablar amaldagi Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan mezonlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Loyihalarni aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibini joriy qilish va ayrim masalalar boʻyicha tashabbusli budjet jarayonlarini soddalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2026-yil 1-fevraldan boshlab tashabbusli budjet jarayonlari doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar gʻolib deb topiladi va qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarga tashabbusli budjet jarayonlari doirasida soʻnggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba gʻolib deb topilgan mahallalar uchun navbatdagi ikkita mavsumda loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qoʻllanmasligi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahallalari soni 15 va undan kam boʻlgan tuman va shaharlardagi barcha mahallalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyihalarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining sud va boshqa organlar ijro hujjatlariga asosan undiruvlar fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga qaratilmasligiga oid qoidalar boʻyicha tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar portalda jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan tashabbusli budjet jarayonlarida gʻolib deb topilgan loyihalarning interaktiv xaritasini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun Davlat budjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida jami 1 trillion soʻm, shundan deputatlar tashabbuslari loyihalari uchun 494 milliard soʻm, sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun 506 milliard soʻm mablagʻni nazarda tutsin, keyingi yillarda xuddi shunday tartibda moliyalashtirishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hisob palatasi 2026-yil 1-fevraldan boshlab hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhlar orqali tashabbusli budjet jarayonlarida gʻolib boʻlgan loyihalarni qonunchilikka asosan moliyalashtirish va samaradorligini taʼminlash jarayonlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin va har yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 1-noyabrga qadar Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oliy Majlis Senatiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashabbusli budjet jarayonlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazishni tashkillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-264-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 07/25/264/0793-son)