O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik V.Vohidov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida” 1995-yil 6-iyuldagi 257-son qarorining 1-bandidan “va kelgusida ushbu tibbiyot muassasasi “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika jarrohlik ilmiy markazi” deb nomlansin” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston KP MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kardiologiya ilmiy-tekshirish institutini Toshkent davlat meditsina institutidan ajratish va uni O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash ministrligining O‘zbekiston kardiologiya ilmiy-tekshirish instituti deb nomlash to‘g‘risida” 1978-yil 8-fevraldagi 84-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 8-aprel,
179-son