15.08.2025 yildagi O‘RQ-1081-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 28-mayda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishga va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinishi, jabrlanganlarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun davlat tomonidan shart-sharoitlar yaratish yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash borasidagi eng muhim kafolatlardan biri sifatida belgilab qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmaganda ushbu shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan yashirinishi hollari kuzatilmoqda. Natijada jinoyatdan jabrlangan shaxslarning huquqlarini tiklash, ularga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash imkoniyati pasaymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan taqdirda, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkinligiga yetarli asoslar mavjud boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari sud orqali himoya qilinishini taʼminlashga, uning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 10, 797-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 8, 823-modda, № 10, 1075-modda, № 12, 1291-modda; 2025-yil, № 1, 8-modda) 28-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqida, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 29-moddaning birinchi qismi “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 311-moddaning ikkinchi qismi “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

5) 2541-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) quyidagi mazmundagi 282-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“282-bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN CHIQISH HUQUQINI VAQTINCHA CHEKLASH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2547-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2548-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar bayon etiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi surishtiruvchining yoki tergovchining qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2549-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida prokuror, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda, surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanib, u gumon qilinuvchining, ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatini asoslab beradi. Keyin himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25410-modda. Sud ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash asoslari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun ichki ishlar organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga yuboriladi, maʼlumot uchun prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, ularning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan apellyatsiya tartibida protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat yoki protest berish Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyaning ajrimini bekor qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25411-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash jinoyat ishi surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida tugatilganda, sudda esa jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoki hukm qonuniy kuchga kirganda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga zarurat qolmaganda esa ushbu chora ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida jinoyat protsessida ishtirok etishi zarurligi yoki sogʻligʻining yomonlashuvi va unga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiy yordam koʻrsatish imkoni yoʻqligi yoki xorijdagi yaqin qarindoshlarining vafoti bilan bogʻliq uzrli sabablar yuzaga kelgan hollarda, tegishincha prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, shuningdek prokuror yoxud sud tomonidan, ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 374-modda uchinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 382-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoxud iltimosnomaga rozilik beradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 423-moddaning ikkinchi qismi “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 457-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 17-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17) sudlanuvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish zarurmi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 471-moddaning 1-bandi “sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 255 — 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror” degan soʻzlardan keyin “sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 2547 — 25411-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-703-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 663-modda; 2024-yil, № 2, 117-modda, № 8, 823-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 1, 8-modda) 40-moddasining ikkinchi qismi “shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1081-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)